So’nggi yangiliklar

01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  49 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:32Англия лига кубоги. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар аниқ!  3 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Akmal Xolmurodov: “Qo'qon-1912” jamoasiga o'tishimning sababi bor” Yangiliklar

Akmal Xolmurodov: “Qo'qon-1912” jamoasiga o'tishimning sababi bor”

Joriy mavsum Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasida to'p tepgan Akmal Xolmurodov Qo'qonning “Qo'qon-1912” klubiga ko'chib o'tdi.
Xolmurodov yangi mavsumni “Qo'qon-1912” jamoasi tarkibida boshlaydi.

“Ayni damda “Qo'qon-1912” jamoasi tarkibida bugundan ikkinchi qishki yig'in mashg'ulotlarini boshladik. Jamoada menga o'xshagan bir qator yashgi futbolchilar bor. Yaqin kunlarda Serbiyadan ikki legioner futbolchi tashrif buyuradi. Hozircha futbolchilar bilan yaxshi chiqishib ketdim. Hamma shart-sharoitlar meni qoniqtirmoqda. “So'g'diyona” jamoasidan ushbu klubga o'tishimning sababi bor. Joriy yil o'yinim umuman qovushmadi.

Barcha biladi bir qator o'yinlarda ketma-ket qizil kartochkalar ishlab oldim. Antirekord qayd etdim desam ham bo'ladi. “So'g'diyona” jamoasidagi o'yinimdan umuman qoniqish hosil qilmadim. “Qo'qon-1912” jamoasiga o'tishimning sababi ham shu. Farg'onaning “Neftchi” Namanganning “Navbahor” klublaridan takliflar bor edi. Lekin meni barcha shart-sharoitlar va jamoaning o'z oldiga qo'ygan vazifasi qoniqtirgani uchun ushbu jamoani tanladim.

“So'g'diyona” klubi meni shunchaki qo'yib yuborishni istamadi. Men o'zim jamoani tark etishni xohladim. “Qo'qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi No'mon aka Hasanov bilan bir paytlar birga ishlaganimiz uchun ham shunday qaror qabul qildim. Eng to'g'ri qarorni qabul qildim, deb o'ylayman”, - deydi Akmal Xolmurodov.

Jahongir Sotvoldiev
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика