Akmal Tursunboev: “Navbahor”ga meni Ilhom Mo'minjonov taklif qildi”
06 jan 2017 16:31
Yangiliklar
Akmal Tursunboev: “Navbahor”ga meni Ilhom Mo'minjonov taklif qildi”
Ammo yangi yildan so'ng Tursunboev Namanganning “Navbahor” klubi yig'iniga kelib qo'shildi.
“Andijon” jamoasidan ketganimdan so'ng Toshkentning “Obod” klubi meni o'z safiga jalb qildi. Qishki yig'inning birinchi qismida ushbu jamoa bilan mashg'ulotlarda ishtirok etdim. Klub raxbariyatlari menga 3 yillik shartnoma taklif qildi. Ammo men bir yillik bitimga imzo chekishimni bildirdim. Xullas, ushbu variant amalga oshmadi. CHunki men ularga faqat 1 yillik shartnomaga imzo chekishimni aytdim. Ular esa men bilan kamida 2 yillik kelishuvga erishmoqchi edi.
“Obod” jamoasi raxbariyatlari meni to'g'ri tushunishdi, faoliyatimda omad tilashdi. “Navbahor” klubiga esa meni Ilhom Mo'minjonov taklif qildi. Ko'pchilik bilsa kerak, Mo'minjonov bilan “Paxtakor”da birga ishlaganman. Ushbu murabbiy qandayligini yaxshi bilaman. “Navbahor” jamoasi oldiga yaxshi o'rinlarni qo'lga kirish vazifasi qo'yilgan. Nasib qilsa ushbu vazifani uddalaymiz degan umiddaman”, - deydi "Andijon" klubi sobiq darvozaboni Akmal Tursunboev.
Jahongir Sotvoldiev

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar