So’nggi yangiliklar

13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  9 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  8 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  3 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  16 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24

Akmal SHorahmedov: "Hozir kim qanday holatda ekanligi borasida aniq tasavvur yo'q" Yangiliklar

Akmal SHorahmedov: "Hozir kim qanday holatda ekanligi borasida aniq tasavvur yo'q"

Superliga restartiga taraddud ko'rgan AGMK bugun ertalab Navoiyga etib keldi va kunning ikkinchi yarmida uchrashuvdan oldingi so'nggi tayyorgarlik mashg'ulotlarini yakunladi.

Jamoa sardori Akmal SHorahmedovning "Qizilqum" bilan o'yin oldidan qanday fikrda ekanligini bilish maqsadida futbolchiga yuzlandik.

"Karantin davri barcha jamoalarning holatini bir darajaga tushirdi. Endilikda o'yinlar orqali jamoalar o'z sport formalarini tiklab olishlari mumkin. Ertaga bizni oson bo'lmagan bahs kutmoqda. CHunki "Qizilqum"da murabbiy almashdi va odatda yangi murabbiy qo'l ostida futbolchilar o'zlarini ko'rsatishga ikki hissa kuch bilan harakat qilishadi. Hozir kim qanday holatda ekanligi haqida aniq tasavvur yo'q. Barchasini o'yin ko'rsatadi. Maqsadimiz o'zgarmaydi. Faqat va faqat g'alabani ko'zlab maydonga chiqamiz. Muxlislarsiz futbolning asl bezagi yo'qoladi. Lekin hozirgi sharoitda teleekran orqali ham futbol ko'rishni sog'inganlar va buni istovchilar nihoyatda ko'p. SHu bois hozircha shu sharoitda bo'lsada ishqibozlar futbolni tomosha qilishga mushtoq. Umid qilamizki, tez orada vaziyat yanada o'nglanib, muxlislar ham stadionga qaytishadi va bizni qo'llab-quvvatlab turishadi. Har qanday futbolchi uchun muxlislar olqishi va qo'llab-quvvatlovi muhim. Garchi bizda stadionlar to'lib toshmagan bo'lsada, stadionda futbol muhitini yaratishda muxlislarimiz faollik ko'rsatishgan. Ularning yo'qligi albatta seziladi, lekin biz muxlislar uyda yaxshi sifatdagi futbol tomosha qilishlari uchun harakat qilamiz", - deya o'yinoldi fikrlari bilan o'rtoqlashdi jamoa sardori Akmal SHorahmedov.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика