So’nggi yangiliklar

22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  0 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   54 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  1 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  69 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  1 20:21"Нюкасл" 40 млн фунтга ҳужумчи сотиб олмоқчи  0 19:52Ёшлигидан пулга қизиққан Мемфис, 44 ёшни қаршилаган Сиссе ва бошқалар. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  1 19:45Саудия Арабистони Суперкубоги. "Ал Аҳли" йирик ғалабага эришиб, финалга чиқди  3 19:39Пролига 13-турида ишловчи расмийлар эълон қилинди  0 19:25"Сўғдиёна" - "Динамо". Таркиблар билан танишинг  6 18:42Opta А Серияда қайси жамоада чемпион бўлиш эҳтимоли катта эканлигини маълум қилди  1 17:50Эшитдик-да! Португалия терма жамоаси собиқ устози Ўзбекистон МТЖда иш бошлаши мумкин   69 17:32Эшитдик-да! CAFA мусобақаси қайси стадионларда ўтказилиши маълум  22 16:47"Арсенал" кутилмаганда Хавертц ўрнига футболчи излашни бошлади  1 16:45Тимур Кападзенинг боши нега оғримоқда?  12

Akmal Mozgovoy: "Norchaev va Saitovning ketishi "Nasaf"ga tasir qildi deb hisoblamayman. Ushbu mavsum chempionlik uchun kurashishga kuchimiz etadi" Yangiliklar

Akmal Mozgovoy: "Norchaev va Saitovning ketishi "Nasaf"ga tasir qildi deb hisoblamayman. Ushbu mavsum chempionlik uchun kurashishga kuchimiz etadi"

"Nasaf" yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy Championat.Asia muxbiri Emil Bermuhamedovga intervyu berdi va unda mavsum starti, jamoaning samaradorligi va O'zbekiston terma jamoasiga chaqirilmagani haqida gapirib berdi.

- "Nasaf" mavsumni biroz omadsiz boshladi. Bu haqida nima deb o'ylaysan?

- Mavsumni yomon boshladik deb hisoblamayman. Hozirda birinchi o'rindan atigi uch ochko farqimiz bor. Xatolar ustida ishlaymiz, qattiq mehnat qilamiz va shunday davom etamiz.

- Seningcha, jamoa mavsum so'nggida qaerda bo'ladi?

- Ushbu mavsum chempionlik uchun kurashishga kuchimiz etadi deb hisoblayman.



- Mavsumning dastlabki turlarida "Nasaf"da gollarni asosan mudofaa chizig'i o'yinchilari urmoqda. Nima deb o'ylaysan, bu nima bilan bog'liq?

- Kim urishining farqi yo'q - asosiysi jamoaning g'alaba qozonishi. Barchamiz g'alaba qozonish uchun maydonga chiqamiz.

- Norchaev va Saitovning ketishi jamoa o'yiniga tasir o'tkazdimi?

- Unchalik kuchli tasir qildi deb hisoblamayman. Ularning o'rniga sifatli o'yinchilar keldi. Ular ketgan futbolchilardan yomon ko'rinishmaydi deb o'ylayman.

- "Alaniya"ga o'tganidan so'ng Norchaev bilan gaplashasizmi?

- Ha, biz aloqani saqlab turibmiz.

- U Rossiyadagi futbol haqida nima deydi?

- Unga u er yoqadi. U erda asosan jismoniy holatga etibor qaratilishini, futbol esa ko'proq to'qnashuvlarga boy bo'lishini aytdi.



- Sen "Nasaf" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanasan va klubning asosiy tarkibida o'ynaysan. Qachondir boshqa jamoaga ketish varianti amalga oshadi deb o'ylaysanmi?

- Ha, buni inkor etmayman. Bu futbolning bir qismi. Barcha chet elda o'ynashni, futbol bo'yicha rivojlanishni xohlaydi.

- Agar sir bo'lmasa, qaysi ligada o'ynashni xohlarding? Yoki Superliganing qaysidir klubidami?

- O'zbekistonda o'zimni "Nasaf"dan boshqa hech qaerda ko'rmayman. Xorijdagi faoliyatning boshlanishi uchun esa Rossiya chempionatini ko'rib chiqish mumkin. Bu sal keyinroq yuqoriroq saviyadagi Evropa mamlakatlariga yo'l olish uchun o'tish vazifasini bajaradi.

- O'tgan mavsum 22-raqam ostida o'ynading, ushbu mavsumda esa "ettilik"da ko'rdik. Raqam almashtirishing sababi nima?

- SHunchaki raqam bo'shadi va uni o'zimga olishga qaror qildim. SHuningdek, unda mening kumirim Krishtianu Ronaldu o'ynaydi. Bolalikdan uning o'yini yoqadi, shu sabab "ettilik"da o'zgacha ramziylikni ko'raman.



- O'zbekiston terma jamoasining mart oyidagi o'yinlariga seni chaqirishmadi. Nima deb o'ylaysan, bu nima bilan bog'liq?

- To'g'irlashim kerak bo'lgan kamchiliklarim bor shekilli.

- Katanec bu borada sen bilan gaplashmadimi?

- Yo'q, u bilan gaplashmadim. Faqatgina yig'inlar paytida qanday o'ynash va kim maydonda qanday harakatlanishini tushuntirishadi.

- Terma jamoa tarkibiga qaytishni rejalashtiryapsanmi?

- Albatta, o'z oldimga shunday maqsad qo'yaman. Terma jamoaga yana chaqiruv olish uchun ishlashda va o'z o'yinimni kuchaytirishda davom etaman.


Emil Bermuhamedov suhbatlashdi

Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика