Akbar Usmonov: “Tajriba va mahorat evaziga raqibdan ustun keldik” Yangiliklar

Akbar Usmonov: “Tajriba va mahorat evaziga raqibdan ustun keldik”

O'zbekiston - Nepal o'yinidan so'ng (5:1) terma jamoa safidagi gollardan birini kiritgan Akbar Usmonov fikrlariga quloq tutdik.

“Bugungi o'yin to'liq bizning nazoratimiz ostida kechdi. Nepal ham garchi taktik jihatdan kuchsiz bo'lsa-da, jismonan baquvvat ekan. Ular ham etarlicha qarshilik ko'rsatishga urindi. Ko'rinib turibdiki, Nepal ham g'alabani maqsad qilgan. Biz esa tajriba va mahorat evaziga raqibdan ustun keldik va muhim muvaffaqiyatga erishdik. 

Saralash o'yinlarida qancha ko'p gol ursam shuncha yaxshi (kuladi). Biroq muhimi guruhdan 1-o'rinni egallagan holda Osiyo chempionatiga yo'llanma olmoqchimiz. Bu vazifani bajarish uchun barchamiz astoydil harakat qilamiz. Nechta gol urish keyingi masala hisoblanadi. 

Keyingi turdagi raqiblarimiz Afg'oniston va Tojikiston  terma jamoalari ham chakki emas. Ancha agressiv o'ynaydi. O'ylaymanki, yaxshi o'yinlar bo'lib o'tadi.  Umuman olganda, bizga raqib kim bo'lishini farqi yo'q. Hammamiz g'alaba uchun maydonga tushamiz, va Vatanimiz nomini himoya qilishga intilamiz", — dedi Usmonov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика