Akbar To'raev: "Oliy ligada 16ta jamoaning ishtirok etishi yaxshi, lekin..."
28 noy 2014 15:18
Yangiliklar
Akbar To'raev: "Oliy ligada 16ta jamoaning ishtirok etishi yaxshi, lekin..."
Bu yilgi futbol mavsumi Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi uchun biroz omadsiz yakunlandi.
Amaldagi O'zbekiston chempionlari milliy chempionatda 4-o'rin bilan kifoyalanishdi. Qaldirg'ochlar uchun so'nggi imkoniyat bu O'zbekiston kubogi edi. Lekin Olmaliqda "Lokomotiv" klubi bilan bo'lib o'tgan final uchrashuvining qo'shimcha bo'limlari so'nggi daqiqalarida o'tkazib yuborilgan gol tufayli Sergey Lushan shogirdlari mavsumni sovrinsiz tugatishga majbur bo'lishdi. Endi bu omadsizlikning o'ziga yarasha sabablari bor albatta. Har kim turlicha fikr bildiryapti. Ayrimlar mavsum davomida uch marotaba bosh murabbiyning almashganiga omadsizlikni yo'yishayotgan bo'lsa, bazilar tarkibdagi o'zgarishlarni sabab sifatida keltirmoqda. Haqiqatan ham, chempion tarkib bilan bu yilgisini taqqoslasak sezilarli o'zgarish bo'lgani oydinlashadi. Lekin tan olish kerak, Sergey Lushan shakllantirayotgan hozirgi tarkibning kelajagi bor. Bosh murabbiy asosiy urg'uni o'z tarbiyalanuvchilari va yoshlarga qaratyapti. Bu esa albatta o'z mevasini beradi. Keyin bu sinalgan uslub. "Paxtakor" jamoasining bu yil chempionlikni qo'lga kiritishini kutilmagan holat sifatida qabul qilmaslik kerak. O'tgan yili sherlarda shunga o'xshash holat kuzatilgandi. Mana bu yil jamoa o'z maqsadiga erishdi. "Bunyodkor"da ham shunday o'sish ikkinchi davrada kuzatildi va kelasi yili jamoa chempionlik yo'lidagi kurashda jiddiy raqibga aylnashini taxmin qilish qiyin emas. Biz "qaldirg'ochlar" safida mavsum kashfiyotlaridan biriga aylangan Akbar To'raev bilan uchrashib, undan intervyu oldik. Akbar yosh bo'lishiga qaramay, bu yil O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida ilk o'yinini o'tkazishga ham muvaffaq bo'ldi. Etiborga molik jihati shundaki, Akbar To'raev darvozabon bo'lgunga qadar barcha chiziqlarda o'ynab ko'rishiga to'g'ri kelgan.
- Futbolga bo'lgan qiziqishimni tushungan dadam 8 yoshimda "Paxtakor" futbol maktabiga olib borganlar, - deya so'z boshladi "Bunyodkor" darvozaboni. Ikki yil davomida Baxtiyor aka Nuraliev qo'l ostilarida futbol sir-asrorlarini o'rgandim. Keyin "CHilonzor" jamoasiga ko'chib o'tdim. Darvozbonlikni tanlagunimga qadar barcha chiziqlarda o'ynab chiqishga to'g'ri keldi. Avvaliga himoyada, keyin chap qanot yarim himoyasida o'ynadim. Hujum chizig'ida ham o'z imkoniyatlarimni sinab ko'rdim. Bir kuni o'yinga ikkala darvozabonimiz ham kelmagan. Biri kasal bo'lib qolgan, ikkinchisi xorijga ketib qolgan. Bu taqdirning menga bergan tuhfasi bo'lsa kerak, o'sha o'yinda murabbiyimiz meni darvozani qo'riqlashimni aytdi. Undan avval ham mashg'ulotlarda penaltini tepishni mashq qilsak, darvozaga o'z xohishim bilan turardim. Ochig'i, darvozabonimizdan ko'ra, penaltini qaytarish menda o'xshardi. SHunda murabbiyimiz Prokofev Boris Andreevich meni darvozaga qo'ydi. Bu o'yin kuchli raqibga qarshi bo'lib o'tgandi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlanib, o'yin davomida bitta penaltini qaytarishga muvaffaq bo'lgandim. O'sha o'yindan so'ng darvozabon sifatida shakllana boshladim.
- Bu vaziyat taqozosi edimi yoki o'zingizda ham darvozabon bo'lish uchun ishtiyoq bormidi?
- Darvozabonlikka har doim qiziqish bo'lgan. Bolaligimda mahalladagi bolalar bilan ham futbol o'ynardik. Men eng yoshi edim. SHu bois bo'lsa kerak, o'zimdan yoshi katta bolalar meni darvozaga qo'yishardi. Yomon o'ynamasdim. Boz ustiga bo'yim ham balandgina edi.
- Adashmasam, 2009 yili "Bunyodkor" jamoasi bilan shartnoma imzoladingiz. "Qaldirg'ochlar" safida paydo bo'lishingiz qanday ro'y berdi?
- Bunyodkorning o'rinbosarlar jamoasi yig'iniga taklif etishdi. Harakatlarim murabbiylarga maqul keldi shekilli, meni jamoada olib qolishdi.
- 2014 yilgi mavsumga kelib siz birinchi raqamli darvozabonga aylandingiz. Ungacha Ignatiy Nesterov, Murod Zuhurov kabi tajribali darvozabonlar bilan raqobatlashishga to'g'ri keldi. Beshinchi yil mobaynida birinchi raqamli darvozabon bo'la olmasligingiz sizga ruhiy jihatdan tasir o'tkazmadimi?
- Tasir qilgan. Lekin men O'zbekistonning eng yaxshi darvozabonlari bilan birga mashg'ulot o'tkazdim. Ulardan ko'p narsalarni o'rgandim. Bundan har doim faxrlanib kelganman. Nesterov, Zuhurov, Bugalo menga akalarcha munosabatda bo'lishdi. O'zlarining boy tajribalarini men bilan bo'lishishdi. Ayniqsa, Nesterov bilan birga ishlash menga maroqli bo'lgan. Bugalo juda ham tajribali darvozabon. Qirq yosh bo'lishiga qaramay, hamon maydonda tetik, chaqqon. Asosiy tarkibning birinchi raqamli darvozaboni bo'lishimda ularning xissalari katta bo'ldi.
- Lekin birinchi bo'lish hamisha qo'shimcha masuliyat va bosim yuklaydi.
- Bejizga darvozabonlarga yarim jamoa degan tarifni berishmagan. CHiziqlar orasida eng qiyini ham darvozabon bo'lsa kerak. CHunki, 90 daqiqa, agar qo'shimcha bo'limlarga murojaat qilinsa, 120 daqiqa mobaynida hushyor turish kerak. Birozgina chalg'isangiz, bu butun jamoa uchun qimmatga tushishi mumkin. Bu yilgi mavsumda shaxsan o'zimda ham shunday kutilmagan holatlar bo'ldi. Bir-ikkita o'yinda tajribam kamligi pand berib qo'ydi va qaytarishim kerak bo'lgan zarbalarni o'tkazib yubordim.
- Qisqa fursat ichida O'zbekiston milliy terma jamoasidan ham chaqiruv oldingiz. SHu yil Bahraynga qarshi kechgan uchrashuvda mamlakat bosh jamoasidagi debyutingiz qayd etildi. Bunday o'yinlarni unutib bo'lmaydi. SHunday emasmi?
- Albatta. O'yindan bir kun oldin darvozabonlar murabbiyi Petr Gizimchuk menga ertaga maydonga tushishimni aytdi. U hayajonlanmasligimni, hayotda hamma narsa bo'lishi mumkinligini, xato qilishdan qo'rqmasligim, bu menga berilayotgan katta imkoniyat ekanligi va bundan qay darajada foydalanib qolishim o'zimgagina bog'liq ekanligini uqtirdi. Gizimchuk o'z so'zlari bilan Bahrayn bilan bo'ladigan o'yinga ruhiy jihatdan tayyorladi. O'zi aslida avvalroq terma jamoadagi debyut o'yinim bo'lib o'tishi kerak edi. Lekin elkamdagi jarohat bunga yo'l qo'ymagandi. SHunday bo'lsada, terma jamoadagi ilk uchrashuvimda o'z darvozam daxlsizligini saqlab qolganimdan xursandman. Terma jamoa libosida maydonga tushish baribir boshqacha ekan. Zimmangizdagi masuliyat juda yuqori bo'ladi. Ortingizdagi 30 millionlik O'zbekiston xalqi turganligini his qilar ekansiz. O'rtoqlik o'yini bo'ladimi yoki rasmiy uchrashuv, buning ahamiyati yo'q. Milliy terma jamoa libosida maydonga tushdingmi, 200 foiz o'yinga tayyor bo'lishing kerak.
- Muhim o'yin oldidan o'zingizni ruhiy jihatdan o'yinga tayyorlaysizmi?
- Ko'pincha klassik yo'nalishdagi, Vatan haqidagi qo'shiqlarimizni tinglayman. SHu orqali ertaga bo'ladigan o'yinga tayyorgarlik ko'raman. Keyin avvalgi uchrashuvlardagi yaxshi harakatlarimni eslab, undan ruhlangan holda xam o'yinga tayyorlanaman. Xatolarimni takrorlamaslikka intilaman. Bosim hamisha bo'ladi. Hech kim xato qilishdan himoyalanmagan. Xato qilishdan emas, uni takrorlashdan qo'rqish kerak. SHaxsan men shunday deb o'ylayman. Hakam xushtagi chalingunicha hushyorlikni esdan chiqarmaslik lozim.
- Darvozabonlarni qo'llab-quvvatlaydigan, ularga qo'sh qanot bo'ladigan chiziq vakillari bu himoyachilardir. SHaxsan siz qaysi himoyachilar bilan birga o'ynaganda o'zingizni nisbatan erkinroq his qilasiz?
- Tajribali himoyachi Xayrulla Karimov bilan o'ynash boshqa himoyachilarga qaraganda nisbatan osonroq. Xayrulla aka haqiqiy jamoa etakchisi va sardori. Tajribalari juda katta. To'g'ri, ozgina qiziqqonliklari ham bor. Endi bu katta kamchilik bo'lmasa kerak. Futbol bu kurashlarga boy sport turi hisoblanadi. Milliy terma jamoa esa Anzur Ismoilov bilan o'ynash yoqadi. Bu himoyachilar bilan birga maydonga chiqqanimda o'zimni engilroq his qilaman.
- Xorijlik hamkasblaringizdan kimlarning o'yin uslubi sizga maqul keladi? Ularning harakatidan ham nimanidir o'rganish mumkin.
- Albatta. Xorijlik darvozabonlarda xalqaro tajriba juda katta bo'ladi. Menga Janluijji Buffon, Edvin va der Sar, Petr CHex, Devid De Xeaning o'yinlarini havas bilan ko'raman. Ayniqcha, Xeaga havasim baland. Tashqi ko'rinishimiz ham o'xshab ketadi (kuladi).
- Lekin De Xeaning "Manchester Yunayted" klubi bu yilgi mavsumni ham omadsiz o'tkazyapti...
- Endi bunda Xeaning aybi bo'lmasa kerak, deb o'ylayman. Juda ko'p uchrashuvlarda darvozabon o'z seyvlari bilan jamoasini muqarrar gollardan saqlab qolyapti. CHelsi bilan o'yinda ham qahramonlik ko'rsatdi. Menimcha, murabbiylarning almashinuvi MYUning muvaffaqiyatsiz mavsum o'tkazayotganiga sabab bo'lyapti. Juda ko'p narsa murabbiyga bog'liq. Lui van Gaalga vaqt kerak. Nafaqat Gaalga, balki istalgan murabbiyga ham vaqt berish lozim. Qisqa fursat ichida natija ko'rsatishning iloji yo'q. Gollandiyalik mutaxassisni qattiqqo'l deyishadi. Har bir murabbiyning o'z ish uslubi bo'ladi. Tabiiyki, jamoaga kelganidan so'ng nimalarnidir o'zgartirishi kerak. Futbolchilarning yangi talablarga ko'nikib olishi uchun esa vaqt talab etiladi. Tarkibga bu yil kelgan Anxel Di Mariya, Radamel Falkao va boshqa futbolchilarga ham vaqt kerak bo'ladi. Menga Mariyaning harakatlari juda ham maqul kelyapti. Jamoaning hujumlari argentinaliksiz amalga oshmaydi. Har bir hujumda albata, Anxel ishtirok etadi. Yana murabbiylarga qaytsak, Fergyusson ham bu jamoani bir yoki ikki yil ichida shakllantirmagan. Manchester Yunaytedning hozirgi holatiga kelishi uchun yillar kerak bo'ldi. Devid Moyes Evertonda ajoyib jamoa shakllantirgandi. Ser Aleksning o'zi hamyurtini Manchesterga taklif qilgandi. Ammo Moyes yulduzli tarkibga ega jamoani yuqori cho'qqiga olib chiqa olmadi. Bilmadim, balki tajribasi kamlik qilgandir. Endi muxlislar nigohi bilan qarasak, ishqibozlar ko'p yil katta g'alabalarni kutib tura olishmaydi. Ayniqsa, o'z g'alabalari bilan muxlislarni o'rgatib qo'ygan MYUni. Menimcha, yanvar oyida Angliya Premer ligasida juda ko'p narsaga oydinlik kiritiladi. Har yili Rojdestvo bayrami arafasida bo'ladigan "Boxing Day"da etakchi jamoalar qimmatli ochkolarni yo'qotishadi. Bu bir necha yil mobaynida o'z tasdig'ini topib kelyapti. Juda tig'iz paytda o'yinlar o'tkaziladi. Kunora ham uchrashuvlar bo'lib o'tadi. Bunday vaziyatda kutilmagan natijalarning ko'payib ketishi odatiy holga aylanib bormoqda.
- Akbar, yana o'zimizning futbolga qaytamiz. Bu yilgi futbol mavsumi Bunyodkor uchun omadsiz keldi. Jamoangiz oliy ligada sovrinli o'rilarni egallay olmadi. O'zbekiston Kubogi finalidagi omadsizlik. Olmaliqda kechgan kubok finali sizlar uchun so'nggi imkoniyat edi. Lekin bundan unumli foydalana olmadinglar. O'sha uchrashuv haqida nima deya olasiz?
- O'sha o'yinga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rgandik. Aytganingizdek, mavsumni hech bo'lmasa bitta sovrin bilan yakunlash uchun bu so'nggi imkoniyatimiz edi. Qolaversa, o'sha o'yindagi g'alaba kelasi yili OCHLda qatnashish huquqini ham taqdim etardi. SHuni inobatga olganda faqat g'alaba ilinjida Olmaliqqa borgandik. Afsuski, to'rtinchi bo'limning so'nggi daqiqalarida alamli gol o'tkazib yubordik. Penaltilar seriyasiga tayyor edik. SHaxsan o'zim ham agar g'olib nomi penaltilar seriyasiga ko'ra aniqlansa, g'alaba qozona olishimizga ishonayotgandim. Lekin qanotdan uzatilgan to'pdan so'ng darvozam ishg'ol qilindi. Himoyachilarimiz o'yindan tashqari holat bo'ldi, deya ishonib qolishdi, shekilli. Har holda juda alamli gol o'tkazib yubordik. Asosiy vaqtda gol qo'yib yuborganimizda ham vaziyatni ijobiy tomonga o'nglash mumkin edi. Ammo 2-3 daqiqada hech narsani o'zgartirib bo'lmadi. Muxlislarimiz oldida hijolat bo'lib qoldik.
- Har ehtimolga qarshi penaltilar seriyasiga tayyorgarlik ko'rganmidingiz?
- Bunday hal qiluvchi o'yinlar oldidan har qanday holatga tayyor turish kerak. O'zi har bir mashg'ulotimiz so'nggida penalti qaytarishni mashq qilamiz. Darvozabonlar murabbiyi Abdusattor aka Rahimov hamisha bu ustidan biz bilan ishlaydilar. O'n bir metrli nuqtadan zarba berilmagunga qadar joyimizda turishimizni uqtiradilar. Bu yil asosiy tarkibdagi debyut o'yinim Olmaliq jamoasiga qarshi bo'lib o'tdi. O'sha o'yinda darvozam tomon penalti belgilandi. Birinchi zarbani qaytarishga muvaffaq bo'ldim. Lekin takroriy zarbadan keyin futbolchi darvozamni ishg'ol qildi. Murabbiylarimiz o'sha o'yinda menga ishonishdi va o'ylaymanki, ularni asosiy tarkibdagi ilk uchrashuvimda uyaltirib qo'ymadim.
- Oliy ligadagi omadsizlikka nima sabab bo'ldi?
- Mavsum biz uchun bir maromda o'tmadi. Pasayish paytlari bo'ldi. Ayniqsa, birinchi davrada keragidan ortiqcha ochkolarni boy berib qo'ydik. Murabbiylarning ketma-ket almashinuvi ham o'z tasirini o'tkazmay qolmadi. Lekin Sergey Lushan jamoaga tayinlanganidan keyin vaziyat ijobiy tomonga o'zgara boshladi. Jamoamiz o'yinida mazmun paydo bo'ldi. Tezkorroq futbol namoyish eta boshladik. Jismoniy tayyorgarlik kuchaytirildi. Ammo eng yuqori sport formasiga chiqqan paytimizda chempionat nihoyasiga etib qoldi. Umid qilamanki, yangi mavsumda biz chempionlik yo'lida raqobatbardosh jamoa bo'lamiz. Murabbiy yoshlarga etibor qaratyapti va bu eng to'g'ri yo'l deb o'ylayman. O'rinbosarlar tarkibimizda istedodli yoshlar etishib chiqyapti. Ularga xam imkoniyat berish kerakku! Bu futbolchilar hozir o'ynashmasa, keyin qachon bunga ulgurishadi.
- Bu yilgi mavsum shaxsan sizda qanday taassurot qoldirdi?
- SHaxsiy fikrim, ijobiy tomonga o'zgarish ko'zga tashlandi. Istedodli futbolchilar kashf etildi. CHempionlik uchun kurash qizg'in tus oldi. Fikrimcha, Paxtakor jamoasi haqli ravishda chempionlikni qo'lga kiritdi. Fursatdan foydalanib, ularga kelasi mavsum OCHL bahslarida omad tilayman. Ko'pchilik mavsum boshida Lokomotivning chempion bo'lishini kutgan va taxmin qilgandi. Lekin ular hal qiluvchi o'yinda aynan Paxtakorga yutqazib, o'z qo'llari bilan chempionlikni asosiy raqiblariga topshirishdi.
- PFL tomonidan kelasi yili oliy ligada 16 ta jamoa ishtirok etishi malum qilindi. Bu yangilikka munosabatingiz qanday bo'ldi?
- Bir tomondan oliy ligada jamoalarning soni ko'p bo'lgani yaxshi. Lekin bu bilan o'tkinchi o'yinlar ham ko'payib ketishi mumkin. Bu yil oliy ligaga yo'llanma olgan jamoalarning chempionatda kuchli raqobatni yuzaga keltirishiga ishonish qiyin. Agar haqiqatan ham kuchli, o'z oldiga aniq maqsadlarni qo'ygan jamoalar kuchlilar safiga qo'shilganida, bu qarorni to'liq qo'llab-quvvatlasa bo'lardi. Tan olib aytish kerak, bugungi kunda bizning chempionatda aniq maqsad bilan ishtirok etayotgan jamoalar juda ham kam. Balki, ko'pchilik aytayogandek, ikki bosqichli chempionatni yo'lga qo'yish kerakdir. Ikkinchi bosqichda oltita jamoa medallar uchun kurash olib borsa, maqsadga muvofoq bo'lardi. SHunda shiddatdi o'yinlar soni ham ko'payardi.
Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Fikrlar