So’nggi yangiliklar

14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  0 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  0 13:05"Бавария" "Арсенал" аъзосини Санега ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 12:37МЮ ва "Астон Вилла" "Челси" футболчисига даъвогар. Лондонликлар мўмайгина пул ишлаб олмоқчи  2 12:09Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор  2 11:41"Динамо" Беларусга йўл олди  4 11:20"Бунёдкор" Иномов ортга қайтганини эълон қилди  0 10:55“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди  6 10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  23 09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  33 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  5 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  21 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  9 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  9

Akbar To'raev: "Asosiy vazifamiz OCHL guruh bosqichiga chiqish" Yangiliklar

Akbar To'raev: "Asosiy vazifamiz OCHL guruh bosqichiga chiqish"

Kecha “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda “Bunyodkor” hamda “Qo'qon – 1912” (1:0) jamoalari o'zaro o'rtoqlik o'yinini o'tkazishdi.

Biz “Bunyodkor” darvozaboni Akbar To'raevdan mavsumga tayyorgarlik haqida intervyu oldik.  

- Mavsumga qay darajada tayyorgarlik ko'ryapsizlar?
- Bugun 2016 yilgi ilk nazorat o'yinimiz bo'ldi, futbolchilar yaxshi harakat qilishdi deb o'ylayman. O'rtoqlik o'yinlarida natija birinchi o'rinda turmaydi, biz uchun jismoniy tayyorgarlik muhim. Hozir hamma futbolchilar mashg'ulotlarda katta yuklamalar olyapti, shu bilan o'yin o'tkazyapmiz. Eng asosiysi jismoniy holatimizni tiklab olish.

- OCHLda pley–offga qay darajada tayyorgarlik ko'ryapsizlar?
- OCHLga 14 dekabrdan tayyorgarlikni boshlaganmiz, 28 dekabrgacha jismoniy tayyorgarlik mashqlarini olib bordik. Sekin–sekin to'plar bilan mashg'ulotlar o'tkazyapmiz. Hozircha hammasi reja asosida ketyapti.



- Rahbariyat OCHLda qanday vazifalarni qo'ygan?
- Hozirgi birinchi maqsadimiz pley–off bosqichidan chiqish. Guruh bosqichiga o'tkanimizdan so'ng guruhdan chiqish ikkinchi vazifamiz.

- Rejada xorij yig'ini ham joy olgan. U erda ko'proq nimalarga etibor qaratasizlar?
- Xorijda yanvarning ikkinchi yarmidan boshlab yig'in o'tkazamiz. Xorijda o'rtoqlik o'yini o'tkazish uchun Rossiya, Koreya va Xitoy jamoalari bilan muzokaralar olib borilyapti. Ushbu o'rtoqlik o'yinlari OCHL pley–off bosqichi uchun optimal tarkibni aniqlab olishga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика