So’nggi yangiliklar

16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  1 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  1 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  14 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  1 14:50"Барселона" 19 ёшли ҳужумчиси учун "Ал Ҳилол"дан 40 млн. евро сўраяпти  1 13:55Тен Хаг: "МЮ исталган жамоани ютишга қодир"  3 13:20Мурод Тошматов эркин агентга айланди  2 12:45"Сити" ёзда трансферлар амалга оширадими? Пеп жавоб берди  1 12:25Жароҳати сабабли илк ўйинда қайдномага киритилмаган мисрлик футболчи Ўзбекистонга қарши майдонга тушишга тайёр  2 12:07МЮ стандарт вазиятлар учун мураббий сотиб олди  0 12:01"Металлург" аъзоси Мирғиёс Сулаймонов эркин агентга айланди  3 11:50Ўтган йили Тошкентга келган Миср Олимпия термасининг неча нафар футболчиси Париждаги мусобақада иштирок этмоқда?  12 11:34"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Абдураҳмон Исломов  0 11:30Миср олимпия терма жамоаси ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Фараон" юрти вакиллари билан танишамиз  7 11:00«Реал Мадрид» келаси ёзда яна бир юлдуз футболчини текинга сотиб олади  8

Akbar Ismatullaev: Paxtakor chempionlikdan hali umid uzmagan Yangiliklar

Akbar Ismatullaev: Paxtakor chempionlikdan hali umid uzmagan

Mavsumni omadsiz tarzda o'tkazayotgan Paxtakor birinchi davranning oxirgi ikki uchrashuvida uyg'ongandek taassurot qoldirdi.

Muhimi, hujumchi Igor Sergeev nihoyat, darvozaga yo'l topishga muvaffaq bo'ldi. Umid qilamizki, hujumchi uchun qora kunlar ortda qoldi va u endi terma jamoamiz uchun ham gol urishni boshlaydi. Biz Paxtakor himoyachisi Akbar Ismatullaevni chempionat doirasidagi Nasafga qarshi o'yindan so'ng suhbatga tortdik.

- Akbar, Paxtakor uchun Nasafga qarshi o'yinning ahamiyati juda ham yuqori edi. Ana shunday qiyin uchrashuvda muhim uch ochko qo'lga kiritildi. Nimaning evaziga g'alaba qozondik, deb o'ylaysiz?

- Haqiqatan ham bu g'alabani uzoq kutgandik. Kubokdan chiqib ketganimizdan so'ng bor etiborimizni chempionat bahslariga qaratgandik. Boz ustiga, aynan Nasaf bizni kubokning har ikki o'yinida mag'lub etgandi. SHu bois, o'yinga har qachongidan jiddiyroq tayyorgarlik ko'rgandik. G'alabadan boshqa natija bizni aslo qoniqtirmasdi. Ochko yo'qotgan taqdirimizda sovrinli o'rinlar uchun kurashayotgan jamoalardan ancha ortda qolib ketardik. Qolaversa, muxlislarimizni ham ancha ranjitib qo'ygandik.

Bugun ishqibozlar va o'zimiz uchun ham maydonda astoydil harakat qildik. Natija esa barchamizni xushnud etdi. Mazkur g'alabadan so'ng bizda sovrinli o'rinlar uchun kurashish imkoniyati oshdi. Ruhiyatimiz ham ancha ko'tarildi. Buyog'iga endi ochko yo'qotishga aslo haqqimiz yo'q. Turdan-turga o'yinimizni shakllantirib, kuchaytirib borishga harakat qilamiz.

- Kubokda qabul qilib olingan yirik hisobdagi mag'lubiyatga nima sabab bo'lgandi?

- O'sha bahsda o'yinimiz umuman qovushmagandi. Mag'lubiyat sabablarini o'rganib chiqdik. O'zimizga nisbatan tanqid ko'zi bilan qaradik. Nasafning kuchsiz tomonlarini o'rgandik. Mana, guvohi bo'lganingizdek, maydonda raqibdan har taraflama ustun keldik. Uchrashuv boshlanishi arafasida jamoadoshlarim bilan hech bo'lmasa o'zimiz uchun o'ynash borasida kelishib olgandik. O'ylaymanki, muxlislarimiz ham xursand holatda uylariga qaytishdi. Qolaversa, turnir jadvalidagi holatimizni ham ancha yaxshilab oldik.


- Nasaf bilan o'yindan bir tur avval Olmaliqqa imkoniyatni boy berdinglar. Bu kutilmagan mag'lubiyatmidi?

- Birinchi bo'limda yomon taassurot qoldirmagandik. Tanaffusdan keyin ham ustunlikka erishdik. Afsuski, o'z xatolarimiz evaziga darvozamizdan ikkita to'p olib chiqdik. Etiborlisi, Olmaliq futbolchilari ikkala golni ham standart vaziyatdan urishdi. Aslida, o'yindan oldin murabbiylarimiz olmaliqliklarning asosiy quroli standart vaziyatlar ekanligini aytishgandi. Murabbiylarimizning cho'chigani bejiz emasdi. Bir so'z bilan aytganda, juda alamli mag'lubiyat bo'ldi.

- Tez orada klubda katta o'zgarishlar bo'ladi. Jamoa rahbariyati yangilandi. Bunga futbolchilar tayyormi?

- Jamoaning ichida anchadan beri gap-so'zlar yuribdi. O'zgarish bo'lishi aniq. Futbolchilar ham bunga tayyor turishibdi. Bosh murabbiy Nasafga qarshi kechgan o'yinimizni VIP lojadan kuzatib bordi. Tez orada safimizga yangi futbolchilar kelib qo'shiladi. Ular orasida legionerlar ham bo'ladi. Tabiiyki, ikkinchi davrani kuchli va raqobatbardosh tarkib bilan boshlaymiz. Sog'lom raqobatning borligi yaxshi. Jamoamiz oldida turgan asosiy vazifa - OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritish. Buning uchun kamida uchinchi o'rinni egallashimiz shart. Bu - minimal vazifa. Hali bizda chempionlik uchun kurashish imkoniyati ham saqlanib qolgan. Kubok bahslaridan chiqib ketganimiz bois, endi bor etiborni chempionatdagi ishtirokimizga qaratamiz. Bu jihatdan bizga asosiy raqiblarimizdan ko'ra engilroq bo'ladi.

- Arveladzening jamoaga kelishini qanday qabul qildinglar?

- Juda yaxshi. Xabarni xush kayfiyatda qarshi oldik. O'ylaymizki, SHota Arveladze jamoamizga Evropa futboli nafasini olib kiradi. O'zining ko'hna qitada orttirgan boy tajribasini biz bilan baham ko'radi. Paxtakor yana avvalgi mavqeini taklaydi. Bunga ko'p vaqt qolmadi. Hozirgi holatda ham yomon o'yin ko'rsatmayapmiz. Faqat zaxira o'rindig'imizning torligi sabab barcha o'yinlarda asosan 12-13 futbolchiga yuklama tushyapti.

Tabiiyki, bunday holatda charchoq alomatlari sezilib qolyapti. Zaxiradan maydonga tushib, o'yinni kuchaytira oladigan futbolchi deyarli yo'q. Yoshlarga esa tajriba etishmayapti. Ular barcha o'yinlarni bir maromda o'tkaza olishmayapti.


Bu futbolchilarimizga ozgina vaqt kerak. Umid qilamanki, omadsiz o'yinlar ortda qoldi. Endi faqat g'alaba haqida o'ylaymiz, turdan-turga holatimiz yaxshilanib boradi.

Hali hech narsa yo'qotilgani yo'q. Turnir jadvaliga etibor qaratsangiz, jamoalar orasidagi ochkolar tafovuti unchalik katta emas. Farq bitta turning o'zida yo'q bo'lishi hech gap emas. SHunday ekan, hali chempionlikdan umid uzganimiz yo'q.


Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi, "Interfutbol" gazetasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика