So’nggi yangiliklar

20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  3 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  0 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  3 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  2 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  20 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  3 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  1 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  22 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0

Akbar Ismatullaev: “Maqsadimiz – chempionlik!” Yangiliklar

Akbar Ismatullaev: “Maqsadimiz – chempionlik!”

BAAga jo'nab ketgan terma jamoamiz tarkibidagi eng tajribali o'yinchilardan biri Akbar Ismatullaevdir.
Ilgari 1989 yil va undan kichik yoshdagi futbolchilar ishtirokida tuzilgan OTJ safida ham Ismatullaev o'ynaganini muxlislar yaxshi eslashsa kerak. SHu bois yuqori miqyosdagi turnir Ismatullaev uchun birinchisi emas deyish mumkin. Terma jamoamiz delegaciyasi BAAga jo'nab ketishi oldidan Akbarni suhbatga tortdik.

- Akbar, yangi tuzilgan olimpiya terma jamoamiz oldida ahamiyati yuqori bo'lgan musobaqa turibdi. Tayyorgarlik jarayoni va ichki muhit haqida nima deysiz?
- Tayyorgarlik alo darajada bo'lmoqda. Yig'inga taklif etilgan futbolchilarning saviyasi chakki emas.  Ularning ko'pchiligi o'z klublarida asosiy tarkibda o'ynashadi. To'g'ri, hozir kichik yoshdagi o'yinchilar ham bor. Lekin ular bilan oldindan tanishmiz. Hech qanday muammo yo'q. Ichki muhit juda yaxshi. Hamma bir-biriga nima yordam kerak bo'lsa, bajonidil beradi.
- Mashg'ulotlar ham yaxshi bo'lmoqda. Rejaga ko'ra endi BAAda ham ikkita sinov-nazorat bahsida ishtirok etamiz. SHu bilan Ummonga puxta tayyorgarlik bilan boramiz deb o'ylayman.

- Ilgari yoshlar va olimpiya terma jamoamiz safida ham bir qator yirik turnirlarda ishtirok etgansiz. Demoqchimanki, Ummondagi bo'lajak musobaqa siz uchun dastlabki xalqaro turnir emas. Qolaversa ayni paytdagi terma jamoamiz safida tajribali o'yinchilaridan birisiz. Masuliyat boshqalarga nisbatan siz kabi 1992 yilda tug'ilgan futbolchilarimizda katta. Buni ayni damda o'zingiz ham his etib turgan bo'lsangiz kerak?
- Albatta, asosiy yuk bizga tushishini bilaman. Nafaqat menda balki boshqa nomzodlar oldida ham katta masuliyat turibdi. Asosiysi hamma yigitlar bir maqsad yo'lida kurashmoqchi. Vatanimiz shani uchun doimo bor kuchim bilan o'ynab kelganman va bundan keyin ham shunday bo'ladi!

- Turnirning har bir o'yinida g'alaba qozonib finalga qadar etib borish va yurtimizga bosh sovrin bilan qaytish eng asosiy maqsadlarimizdan biridir. Ishonamanki bunga kuchimiz etadi. SHu bois turnirda astoydil to'p suramiz.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика