So’nggi yangiliklar

11:54"FourFourTwo" жаҳон футболидаги энг яхши марказий ҳимоячилар рўйхатини эълон қилди  2 11:33Салоҳ: "Мухлислар доим ёдда тутишини истар, мен улар учун боримни бердим"  1 11:00Шомуродовнинг триумфи: А Серияда 26-тур якунлари  0 10:53«Рома»ни янги мавсумда бошқаришга асосий даъвогар маълум  11 10:22"Манчестер Сити" ҳимоячиси расман қанча муддатга сафдан чиққани маълум қилинди  2 09:56Sofascore. Шукуров энг катта баҳолардан бирини олди  2 08:53ЦСКА аргентиналик футболчини сотиб олишга яқин  1 08:22Артём Довбикнинг ҳолати ҳақида маълумот берилди  3 07:47Раньери энди Шомуродов асосий ҳужумчими деган саволга жавоб берди  7 07:23Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари «Тоттенхэм»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  9 04:01Пеп Гвардиола "Тоттенхэм"га қарши ўйиндан кейин Ҳусанов ҳақида жуда илиқ фикрлар билдирди  27 03:50Яқиндагина ЕЧЛни тарк этган "Ювентус" энди Италия кубоги билан ҳам хайрлашди  6 03:25Испания кубоги. "Реал Мадрид" ярим финалнинг илк баҳсида "Реал Сосьедад"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди   34 03:20АПЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Ньюкасл"ни мағлуб этди ва жадвалдаги етакчилигини янада мустаҳкамлади  13 02:50АПЛ. "Арсенал" яна очко йўқотди, "Манчестер Юнайтед" иродали ғалаба қайд этди  19

Aka-uka Mbappelar ilk bor PSJda birga shug'ullanishdi. Etan atigi 16 yoshda Yangiliklar

Aka-uka Mbappelar ilk bor PSJda birga shug'ullanishdi. Etan atigi 16 yoshda

U Kilianning golni nishonlashini o'ylab topgan.


Kilian Mbappe JCH-2022dan qaytganidan so'ng PSJ bilan mashg'ulotlarga kirishdi.

24 dekabrdagi mashg'ulotlarda bir yo'la ikki Mbappe qatnashdi: Kilian bilan uning ukasi Etan ishlagan. Bu ularning PSJ tarkibidagi ilk qo'shma mashg'ulotidir.

Etan Mbappe JCH-2022 finalida bo'ldi va boshqalar bilan Kilianning Argentina terma jamoasi darvozasiga xet-trigini nishonladi.

Kichkina Mbappe haqida nimalarni bilish kerak? Keling, tanishib olamiz.


Etan PSJ tarkibidagi debyut o'yinda gol urdi, odamlar uning universalligi va o'yindagi nozik harakatlarini qayd etishdi


Etan Mbappe 29 dekabr kuni 16 yoshni qarshi oladi: u Kilian bilan birga 2017 yilda PSJga keldi va 12 yoshgacha bo'lgan jamoaga qo'shildi. Etan PSJga qadar akasi bilan tug'ilgan va o'sgan Parij atrofidagi shahar klubi bo'lmish "Bondi" akademiyasida o'ynagan. U yangi klubidagi ilk golni debyut o'yinida urdi.

Etan – chap oyoqda o'ynaydigan markaziy yarim himoyachi va tayanch hududida ham harakat qila oladi. U 14 yoshida yuqori darajada o'yin ko'rsatdi va shu sabab 17 yoshgacha bo'lgan jamoaga ko'chirishdi. PSJ 2021 yilda o'smir bilan 2024 yilga qadar uch yillik shartnoma imzoladi. Kichkina Mbappe tezlik bilan o'smoqda: u o'tgan yili hatto Franciya terma jamoasining 16 yoshgacha bo'lgan termasiga ham chaqiruv oldi.



PSJ tizimidagi murabbiylar Etanning universalligi va o'yinni ko'ra olishini qayd etishdi. "Bu juda aqlli yarim himoyachi, – deb taasurot olgandi akademiya sobiq direktori Klerfonten Klod Lafarg. – Uning o'yinida juda ko'p engillik bor va aqlli o'ynaydi. Albatta, u hali rivojlanishda.

Aynan Etan Kilianning qo'l harakatlari bilan ijro etadigan nishonlashini o'ylab topgan. Bu haqda PSJ hujumchisining o'zi BeIN sports bilan intervyuda aytib o'tdi. "Bu Playstation'dan boshlandi. U gol urdi va shunaqa harakatlar bilan nishonladi. Besh daqiqadan so'ng esa o'yinni to'xtatdi va mendan hayotda gol urganimdan so'ng shunday qilishni so'radi. Men esa keyingi golimni "Borussiya"ga Dortmundda urdim va vadani bajardim, Etan esa xursand bo'ldi. Men unga "Endi bu mening harakatlarim, uni sendan o'g'irladim" dedim.


Etan Mbappening yana bir futbolchi akasi bor. U faoliyatini 31 yoshda Turkiyada yakunlagan


Jires Kembo Ekoko haqida bilarmidingiz? Bu Kilian va Etanning o'gay akasi. Kembo Ekoko Kongo DR poytaxti Kinshasada tug'ilgan, ammo olti yoshida tog'asi va opasi bilan Bondiga kelgan. Onasi Jiresni malumot olish uchun Evropaga yubordi, o'zi esa otasi bilan Kongo DRda qoldi.

Jires Kembo Ekokoni Franciyada Mbappening oilasi asrab oldi. Kongolik 9 yoshda "Bondi" akademiyasiga kirdi: u erda keyinchalik Kilian va Etan shug'ullanishdi. Iqtidorli yigit 13 yoshida mashhur Klerfonten futbol akademiyasiga saralashdan o'tdi, uch yildan so'ng esa "Renn" bilan Franciya yoshlar terma jamoasi o'yinchisi sifatida professional shartnoma imzoladi. Unga texnikasi sabab hatto "Kembino" laqabini ham berishgandi.



Kembo Ekoko "Renn"da olti yilni o'tkazdi, evrokuboklarda gol urdi va hatto Franciya ligasi kubogi finaliga ham chiqdi ("Gengam"ga 1:2 hisobida mag'lubiyat). Ammo, Franciya klubidan so'ng faoliyati pastga sho'ng'idi: BAAdan "Al Ayn", Qatardan "Al Jaysh", Dubaydan "Al Nasr" va Turkiyadan "Bursaspor" jamoalarida o'ynadi va 31 yoshdi faoliyatiga yakun yasadi.

U klublar miqyosida faqatgina ikki mamlakatda sovrin yutgan: BAA chempionati (2012/13 va 2014/15), BAA Superkubogi-2013 va Qatar kubogi-2014.

Jires Kembo Ekoko kattalar terma jamoasida baribir o'ynamadi: Franciya va Kongo DRdan birini tanlashi mumkin edi, ammo faqatgina Franciya U-21 (2011 yildan 2013 yilgacha 9ta o'yin)da ishtirok etdi.



Etan Mbappe akalaridan futboldagi imkoniyatlari bo'yicha Kembo Ekokodan ko'ra Kilianga yaqinroqdek. Yangi futbol yulduzining tug'ilishini kuzatish yanada qiziqroq.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика