So’nggi yangiliklar

13:04Расман: "Ливерпуль" "Челси" футболчисини сотиб олди  1 12:18Даниэль Карвахаль: "Ҳимоячи ва дарвозабонлар "Олтин тўп"ни ютиши жуда қийин. Номзодлар қаторига кирганимдан хурсандман"  3 11:45Неймар: "У камида дунёнинг энг яхши футболчилари ТОП-5га киради"  5 10:35МЮнинг қимматбаҳо футболчиси Туркияга ижарага кетиши мумкин  4 10:07Балотеллининг янги жамоаси маълум  1 09:36Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги баҳс учун тахминий таркиби  36 09:07Goal нашри "Олтин тўп"га асосий номзодлар рейтингини тузиб чиқди  14 08:39Каземиронинг МЮдаги келажаги маълум  16 08:08Расман. "Рома" яна бир трансферни эълон қилди  7 07:40Бугун Ўзбекистон МТЖ ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичидаги илк учрашувини ўтказади  21 00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  7 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  22 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  13 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  2 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  4

AK-2016 belgisi Yangiliklar

AK-2016 belgisi

Xabaringiz bordir, AQSH mezbonligida o'tgan Amerika kubogi turniri salgina kutilmagan natija bilan xotima topdi.

Yani chililik futbolchilar finalda ayni payt juda yaxshi sport formasida ekanligi aytilgan Argentina termasini mag'lubiyatga uchratib, ketma-ket ikkinchi bora bosh sovrin sohibiga aylanishdi. Boz ustiga, chempionlik masalasiga oydinlik kiritib bergan penaltilar seriyasida Lionel Messi xatoga yo'l qo'ydi. SHunga qaramay, turnirning ramziy terma jamoasini shakllantirishda aynan finalchilarga ko'proq etibor qaratdi.

Darvozabon

Klaudio Bravo (CHili)


Barselona golkiperi haqli ravishda turnirning eng yaxshi darvozaboniga atalgan sovrin sohibi bo'ldi. Bravo butun guruh bosqichini barcha jamoadoshlari kabi yangi bosh murabbiy Xuan Antonio Piccining talablari mohiyatini tushunishga sarfladi, chog'i. Pley-off raundiga o'tilgach esa, CHili terma jamoasi shunday futbol ko'rsata boshladiki, butun dunyo yoqimtoyiga aylandi-qo'ydi. La Roxa sardori va ramzi bu o'yinlarning barchasida o'z darvozasini qulf holatda saqlab turdi. Hal qiluvchi o'yinning hal qiluvchi pallasida esa Lukas Bigliyaning nuqtadan tepgan to'pini qaytarib, bechora Leo Messining terma jamoa bilan ham nihoyat nimadir yutish haqidagi orzularini yana chilparchin qildi.



Himoyachilar

Jan Bosejur (CHili)


Vaqtida Angliyaning Uigan jamoasida nom qozongan Jan hozirda CHili miqyosidagi afsonaviy klub - Kolo-Kolo sharafini himoya qilmoqda. Bosejur butun AK-2016 davomida o'z jamoasida motor vazifasini bajardi. Yani chililiklar himoya chizig'iga birovni yaqinlashtirmaslikka urindi. Petaltini o'ta sovuqqonlik bilan tepgani esa, uning deylik, o'sha tan olingan Arturo Vidaldan farqli o'laroq, asab bobida ham ancha mustahkam ekanligidan dalolat. Eslasangiz, avvalgi Kopa Amerika Maurisio Islaning benefisiga aylangandi, bu safar  shunday baxt faxriy Bosejurga nasib etdi.

Nikolas Otamendi (Argentina)

Argentinaliklar 6ta o'yinda o'z darvozalaridan atigi 2 marta to'p olib chiqishdi. Bunda tabiiyki, himoya chizig'ining xizmati katta. Xususan,  Otamendiga to'xtalsak, u Esekel Garayning yo'qligini bildirmay, Funes Mori bilan ajoyib tandem hosil qildi. Manchester Siti himoyachisi shuning barobarida uzoq vaqt yuqori saviyada o'ynay olishi mumkinligini isbotladi. Xullas, Nikolas etakchiligidagi himoya guruhi turnir davomida atigi 2 marta ojiz qoldi - 1-turda chililiklar va chorak finalda venesuelaliklarga qarshi kechgan bahslarda. Jamoa kiperi Serxio Romero ajoyib statistika uchun avvalo, aynan Otamendiga rahmat aytishi kerak.

Kristian Ramos (Peru)

Peru termasi o'yinning asosiy vaqtida biror marta engilmay turib, turnirni alamli tarzda tark etdi. Rikkardo Gareki shogirdlari 4ta o'yinda 2tagina gol qo'yib yuborishdi, qolaversa, perulik himoyachilar faqat ekvadorlik raqiblari oldida ojiz qolishdi. Xuan Aurich jamoasi vakili Kristian Ramos esa argentinalik mutaxassis yo'lga qo'ygan orqa chiziqda asosiy ustundek ko'rindi. Tajribali Alberto Rodriges bilan juft shaklida harakatlangan Ramos o'z potencialini boricha namoyon qildi. Kristianning aqlli o'yinlarini nazarda tutib, baralla aytish mumkin - uning uchun nisbatan kuchliroq jamoaga o'tish vaqti allaqachon keldi.

Santyago Arias (Kolumbiya)

Gollandiyaning PSV jamoasi vakili  Amerika maydonlarida benazir o'yin ko'rsatdi. Himoyada o'ta mustahkam va ishonchli turish barobarida vaqtida hujumga qo'shilish... Xullas, kolumbiyaliklarning yarim finalda CHili termasi oldida ojiz qolishganida,  Ariasning mutlaqo aybi yo'q. Deylik, o'sha o'yinda 2ta tezkor gol qabul qilingach, Kolumbiya termasidan birinchi bo'lib, aynan Santyago uyg'ondi va birdan hujumda nimadir ko'rsatishga urina boshladi. To'g'ri, Arias yakunda turnirdagi ishtirokiga yoqimsiz tarzda nuqta qo'ydi. Yani 3-o'rin uchun kechgan o'yinning oxirgi daqiqalarida raqibi Maykl Orosko bilan to'qnashuv oqibatida qizil kartochka oldi hamda Amerika kubogidan nisbatan vaqtliroq chiqib ketdi.



Yarim himoyachilar

Xose Pedro Fuensalida (CHili)

Mahalliy chempionatda o'ynovchi bu futbolchi turnir arafasida ham ko'pchilik uchun mutlaqo notanish edi. CHililiklar ustozi Xuan Antonio Picci esa boshidan Fuensalidaga katta ishonch bildirdi, xuddi Edson Puchga imkoniyat bergani kabi. Universidad Katolika yarim himoyachisi bunga javoban nafaqat o'z poziciyasi, balki xoh himoya, xoh hujumda ham faollik ko'rsatdi. Qisqasi, u o'z harakatlari bilan ko'plab mutaxassislar nigohiga tushdi. Deylik, Kolumbiya termasiga qarshi kechgan yarim final o'yinida ikkinchi golga aynan Xose Pedro mualliflik qilib, jamoadoshlariga ruhiy ustunlik bag'ishladi.

CHarlz Arangis (CHili)

CHili terma jamoasi o'rta chizig'idagi motor. SHahzoda (CHilida CHarlzni shunday erkalashadi) o'tgan yili Bayer o'yinida orttirilgan og'ir jarohatdan so'ng endigina katta futbolga qaytgandi. Muhimi, Arangis orada ancha vaqt majburan dam olganiga qaramay, xuddi avvalgi musobaqada bo'lgani kabi yana eng yaxshi fazilatlarini namo-yish etdi. Aniqroq aytsak, CHarlz nafaqat raqib jamoalar hujumini buzish ishlari, balki yana CHili termasining oldinga o'tishida o'ta foydali harakatlandi. Kolumbiyaliklar darvozasiga urgan g'alaba goli esa tort ustiga bezak bo'ldi, go'yo. Zero, jamoaning finalga yo'l olishiga ishonch baland emasdi. Yani La Roxaning eng ashaddiy fanatlarigina ijobiy natijaga ishonishgan, qolganlar esa faqat umidvor edilar.

Xaver Maskerano (Argentina)

Butun turnir mobaynida Argentina termasi yarim himoyasini aynan  Maskerano boshqardi. Biroq maydonda doimo 200 foiz kuch sarflaydigan tajribali futbolchi finalda yana mag'lublikni tan oldi. SHu joyda Messi xatosidan so'ng nuqtaga yaqinlashish masuliyatini aynan Maskerano o'z bo'yniga olganiyu, zarbani mukammal ijro etganini ham aytish kerak. Faxriy futbolchi milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaydimi yoki yo'q - bu hozircha nomalum. Biroq gap-so'zlarga tayanib aytsak, temir mitti sardor butsalarini mixga ilish haqida o'ylayotgan ekan.

Aleksis Sanches (CHili)

Yakunda turnirning eng yaxshi futbolchisi sifatida etirof etilgan Aleksis aslida Panama termasi bilan bahsdagina o'ynay boshladi, go'yo. CHunonchi, mazkur uchrashuvda hammasi dovga tikilgandi. Xullas, Vargas bilan juftlik hosil qilgan Sanches o'z jamoasiga tinmay xavfli jarima zarbalari ishlab berish orqali doimiy etiborda turdi. Boshqacha aytganda, Arsenal forvardi tinim bilmasligi va jonkuyarligi bilan asosiy individual sovringa haqli ekanligini to'la-to'kis isbotladi. Hattoki, final o'yinida harakatni davom ettirishi qiyindek tuyulgan lahzalarda ham oxirigacha chidadi va Fransisko Silva bilan almashtirilganidan ke-yingina maydonni oqsoqlanib tark etdi.




Hujumchilar

Lionel Messi (Argentina)


Barselona etakchisi turnirda ajoyib statistika qayd etdi: 5ta gol } 4ta samarali uzatma. Messi final o'yinida ham sheriklarining gol urishlari uchun bor imkoniyatlarini ishga soldi, ammo  kichkintoyning urinishlari zoe ketdi. Leoning Arturo Vidalning xatosidan keyin penaltidan foydalanolmagani esa haqiqiy fojea bo'ldi. Uning bu omadsizlikdan qattiq ezilayotgani shundoq ko'rinib turdi. Fransisko Silva oxirgi zarbani muvaffaqiyatli ijro etganidan so'ng esa Messiga qarashning o'zi og'riq uyg'otdi. U hattoki, hayajonlangani va siqilganidanmi, Argentina terma jamoasi libosini boshqa kiymasligini aytdi.

Eduardo Vargas (CHili)

Germaniyaning Xoffenxaym klubi hujumchisi bilan g'aroyib hodisalar ro'y beryapti. Vargas klub miqyosida birgina Universidad de CHilida yaxshi to'p surgan (CHili milliy jamoasi sobiq bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli boshqaruvida). Biroq boshqa klublarda o'ynashdan ko'ra, zaxirada ko'proq o'tirgan. Nima bo'lishidan qatiy nazar, Vargitos terma jamoada sheriklari va bosh murabbiy tomonidan kuchli qo'llab-quvvatlashni his etadimi, maydonga tushganida, 100 foiz kuch sarflaydi. Qarang, Vargas xuddi CHilida o'tgan avvalgi turnirda bo'lgani kabi yana eng yaxshi to'purarga aylandi. To'g'ri, o'shanda bosh mukofotni perulik Xose Paolo Gerrero bilan bo'lishib olgandi. Endi esa raqiblar darvozasini 6 marta ishg'ol qilib, yaqin taqibchisi Leo Messini bitta golga ortda qoldirdi va Oltin butsaga yolg'iz o'zi ega chiqdi.


Murabbiy

Xuan Antonio Picci (CHili)


Ispaniyalik mutaxassis jamoa boshqaruvini tasodifan qo'lga oldi. Yani avvalgi bosh murabbiy Xorxe Sampaoli oldingi turnirning mukofot puli bo'yicha kelisholmay, jamoadan ketgach, chililiklar Piccini sinov tariqasida taklif etishdi. Ispan murabbiyining nomzodi boshida ishonchli ko'rinmagan bo'lsada, keyinchalik barchasi izga tushdi. Yani asosiy tarkib va jamoa o'yin sxemasini aniqlab olgan Xuan Antonio futbolchilarning bor kuch bilan o'ynashlarini taminlay oldi va bu yakunda natija berdi - Amerika kubogidagi g'alaba misolida.

A.AHMEDOV tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика