Ajoyib! Sanjar SHoahmedov ilk o'yinidayoq dubl qayd etdi!
08 jan 2019 17:55
Yangiliklar


Ajoyib! Sanjar SHoahmedov ilk o'yinidayoq dubl qayd etdi!
Yaqindagina Toshkentning "Lokomotiv"idan Malayziyaning "Terranganu" jamoasiga o'tgan Sanjar SHoahmedov yangi jamoasidagi ilk o'yini omadli o'tdi.
Hozirgina "MDB FC" klubi bilan yakunlangan o'rtoqlik o'yinida Sanjar SHoahmedov ikkita gol kiritishni uddaladi. Bahsda "Terranganu" 5:3 hisobida g'alabaga erishdi.
"Terranganu" tarkibidagi qolgan gollarni Li Endryu Tuk, Muhammad Fauzi, SHaxrin Sapien kiritdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar