Aybek Nurboev: “Rahbariyat tomonidan munosabat o'zgargan”
16 sen 2014 15:11
Yangiliklar

Aybek Nurboev: “Rahbariyat tomonidan munosabat o'zgargan”
Nukuslik futbolchi Aybek Nurboev joriy mavsum “Buxoro” sharafini himoya qilmoqda. 26 yoshli himoyachi jamoada yangi jamoasida ham o'z o'rnini topa bildi va har bir bahsda maydonga tushib kelmoqda.
Lekin uning jamoasining ishlari yaxshi ketmoqda deya olmaymiz. CHunki “Buxoro” oliy ligani tark etish havfi ostida turibdi. Yaqinda Nurboev bilan suhbatlashib shu va boshqa savollarga javob oldik.
- Agar qarshi bo'lmasangiz, suhbatimizni noodatiy savol bilan boshlaymiz. Ismingizni yozilishi aslida qanday?
- Nukusdan bo'lganim uchun qoraqalpog'istonliklar Aybek deb chaqiradi. O'zbekistonda esa Oybek deb murojaaat qilishadi. Pasportimda esa Aybek yozilgan.
- Ha, tushunarli. Bu yilgi mavsumni “Buxoro”da o'tkazmoqdasiz. Aytingchi bu erdagi faoliyatingizdan ko'nglingiz to'lyaptimi?
- Klub yoqdi. Bilsangiz kerak, oxirgi vaqtlarda ko'p o'zgarishlar yuz bermoqda. Murabbiylar almashinuvi bo'ldi. Qolaversa ichki muhit ham biroz o'zgargan.
- Bugungi kunda ichki muhit qay darajada?
- Hozir bu borada hammasi yaxshi deb ayta olmayman. CHunki ko'p narsalar o'zimga va futbol o'ynashimga halaqit bermoqda.
- Aniqroq aytganda, nimalarni bu borada ko'rsatgan bo'lardingiz?
- Ichki muhit o'zgarib ketdi. SHuningdek rahbariyat tomonidan ham nisbatan etibor yaxshimas. To'g'ri gap hech kimga yoqmasa kerak...
- Ushbu intervyuni klub rahbariyati o'qigach, sizga bo'lgan munosabati yanada o'zgarib qolsa kerak?
- Ha, bo'lishim mumkin. Lekin bu haqiqat. Munosabat o'zgarib qolishidan qo'rqmayman. Lekin mavsumni ko'ngildagidek yakunlashni istardim.
- Hozir ko'pchilik futbolchilardan bunday dangal javoblarni olish qiyin bo'lib ketdi...
- Nima demoqchi ekanligingizni tushundim. Hammani o'z fikri bor. Balki ayrimlar rostini aytgani cho'chisa kerak. SHuning uchun tinchroq yurishni istab, hammasini ochiq-oydin gapirmaydi.
- Edgar Gessning istefosiga qanday munosabatdasiz?
- Mavsum oxiriga qadar Edgar Yakovlevichga imkoniyat berishi kerak edi, deb o'ylayman.
- Bu murabbiy sizda qanday taassurot qoldirdi?
- Gess tajribali va shu bilan birga ancha talabchan murabbiy edi. Germaniyalik bo'lgani uchun ham bizga ko'proq nemis maktabi talablarni qo'yardi. Ochig'i, biz bunga tayyor emasmiz, hozircha. Murabbiy sifatida iliq taassurot qoldirdi. Boshqa hech narsa deya olmayman.
- Qanday fikrdasiz, turkmanistonlik murabbiy Seid Seidov endilikda jamoani qiyin vaziyatdan olib chiqib keta oladimi?
- Bu borada unga qiyin. Nafaqat Seid Yusupovichga, balki biz futbolchilarga ham oson kechmaydi. SHaxsiz fikrim bunday qiyin xolatdan chiqib ketsa bo'ladi. Buning uchun hammasi o'zimizga bog'liq. Qolgan uchrashuvlarda ochko yo'qotmaslik kerak.
- “Bunyodkor” bilan o'yinda “Buxoro”ni yirik hisobda mag'lub bo'lishini ko'pchilik kutmagandi. Bunga nima sabab bo'ldi?
- Sabab shuki, o'zimizning yo'l qo'ygan xatolarimiz evaziga shunday bo'ldi. Agar o'yinni ko'rgan bo'lsangiz, birinchi bo'limda gol urishimiz uchun bir nechta qulay imkoniyatlar bo'ldi. Ikkinchi bo'limda esa qo'pol xatolarimiz tufayli o'zimizga-o'zim gol olib keldik. To'g'risi, o'zim ham bunday bo'lishini sira kutmagandim. Faoliyatimdagi birinchi yirik mag'lubiyat bo'ldi.
- Bu mag'lubiyat keyingi o'yinlarga tayyorlanish uchun ruhiy tomondan salbiy tasir o'tkazsa kerak?
- Ha. Lekin biz tezroq unitishga harakat qilyapmiz.

- “Buxoro”da kelajagingizni qanday ko'rmoqdasiz?
- Hozircha bu haqda o'ylab ko'rganim yo'q. Agarda oliy liganing boshqa kuchliroq klublaridan taklif bo'lsa, ko'rib chiqishim ham mumkin. Yil oxirida “Buxoro” bilan amaldagi shartnomam o'z kuchini yo'qotadi.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Fikrlar