So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  1 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Ahmedovning ehtimoliy bo'lajak klubi - "Tyanczin Teda" haqida nimalarni bilamiz? Yangiliklar

Ahmedovning ehtimoliy bo'lajak klubi - "Tyanczin Teda" haqida nimalarni bilamiz?

"SHanxay SIPG"ni tark etayotgan Odil Ahmedov katta ehtimol bilan "Tyanczin Teda" sharafini himoya qiladi.

Ha, Odil Ahmedov ushbu klubni tark etishi oydinlashdi. SHunday ekan, hamyurtimiz "SHanxay SIPG" tarkibidagi so'nggi o'yinini aynan "Tyanczin Teda"ga qarshi o'tkazdi va gol urdi. Yaqinda kunlarda hamyurtimizning qaysi klubga o'tishi aniq bo'ladi.


- Bu klub ayni damda Xitoy Superligasidagi 9ta o'yinda atigi 1 ochko (!) jamg'argan holda so'nggi o'rinni band etib turibdi. Jamoa bu davr mobaynida 7ta gol urib, o'z darvozasidan 23ta to'p olib chiqqan.

- Bunga qadar ushbu jamoada o'zbekistonlik o'yinchilardan Zayniddin Tojiev, Farhod Tojiev va Aleksandr Kleckov o'ynagan.

- Germaniyalik taniqli mutaxassis Uli SHtilike (muxlislarga Janubiy Koreya termasidagi faoliyati orqali ko'proq tanish) bu jamoaga 2017 yilning 11 sentyabrida kelgan edi. Ammo, salbiy natijalar tufayli bundan biroz oldinroq, aniqrog'i shu yilning 19 avgustida istefoga chiqarilgan.

- Ushbu klub XXI asrda faqatgina bitta sovrin yutgan xolos: 2011 yil - Xitoy Kubogi.

- "TEDA Holding"ga tegishli ushbu klub uy o'yinlarini 37,450 muxlis sig'imiga ega stadion (TEDA Football Stadium)da o'tkazadi.

- Klub 3 mavsum OCHLda o'ynagan - 2009, 2011 va 2012. "Teda" 2012 yil guruhdan 2-o'rinni olib chiqqan, ammo pley-offdagi ilk o'yinda "CHonbuk"ga imkoniyatni boy bergan.

- Jamoada 4 nafar legioner harakat qiladi. Bular: 

Frank Achimpong - 26 yoshli ushbu futbolchi Belgiyaning "Anderlext" klubida 2013-2017 yillar davomida 100dan ortiq o'yinlarda maydonga tushgan, shundan so'ng Xitoy klubiga o'tgan. Belgiyaga qadar esa "King Faysal Beybs", "Berekum CHelsi" (ikkisi ham Gana jamoalari) va "Buriram Yunayted"da o'ynagan. 2012 yildan beri Gana terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Sandro Lima - bunga qadar Braziliya va Portugaliya klublarida o'ynagan Lima 2020 yilda ushbu klub futbolchisiga aylangan.

Jonatan - 30 yoshli strayker 2018 yilda ushbu klubga kelgan. 2016-2017 yillarda ijara asosida "Suvon Samsung" ("Sport Resife"dan)da harakat qilgan o'yinchini xitoyliklar xarid qilishga qaror qilishgan.

Feliks Bastians - "Teda"da 2018 yildan beri harakat qiladigan ushbu hujumkor futbolchi Evropadan Osiyoga kelgan. "Nottingem Forest" tarbiyalanuvchisi faoliyatini bunga qadar asosan Angliya va Germaniyada o'tkazgan.

Reyting: -27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика