So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  2 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  0 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Ahmedov va "Krasnodar" ECHLga chiqa oladimi? Yangiliklar

Ahmedov va "Krasnodar" ECHLga chiqa oladimi?

Safarda CSKA bilan durang o'ynab o'rtadagi tafovutni saqlab qolgan "Krasnodar" chempionatda ikkinchi o'rinni qo'lga kirita oladimi?
Bu savol o'zbekistonlik futbol muxlislariga ham qiziq. Boisi hamyurtimiz Odil Ahmedov o'zining ko'p yillik orzusi bo'lgan Evropa CHempionlar Ligasida to'p tepish uchun joriy mavsum juda ham yaqin turibdi. Ularning baxtiga "Dinamo" Grozniyda "Terek"ni mag'lubiyatga uchrata olmadi.

Keling, qolgan 6ta o'yindagi taqvimga nazar tashlaymiz.
"Krasnodar" keyingi olti turda quyidagi raqiblarga qarshi maydonga chiqadi:
24 aprel. "Krasnodar" - "Lokomotiv" (7)
4 may. "Arsenal" (14) - "Krasnodar"
11 may. "Krasnodar" - "Amkar" (16)
17 may. "Krasnodar" - "Torpedo" (15)
24 may. "Krasnodar" - "Rostov" (12)
30 may. "Dinamo" (4) - "Krasnodar"



Leonid Sluckiy jamoasining raqiblari bilan tanishing:
25 aprel. "Torpedo" (15) - CSKA
4 may. CSKA - "Ural" (11)
10 may. "Lokomotiv" (7) - CSKA
17 may. "Spartak" (6) - CSKA
25 may. CSKA - "Rubin" (5)
30 may. "Rostov" (12) - CSKA



CSKAning "Kuban"ga qarshi o'yini ham bor. Jamoa 29 aprel kuni Rossiya Kubogi 1/2 final uchrashuvi doirasidagi o'yinini o'tkazadi.

"Dinamo"ning zaxirasida bitta o'yin bor.
26 aprel. "Rostov" (12) - "Dinamo"
30 aprel. "Amkar" (16) - "Dinamo"
3 may. "Kuban" (8) - "Dinamo"
10 may. "Dinamo" - "Torpedo" (15)
18 may. "Ural" (11) - "Dinamo"
24 may. "Dinamo" - "Arsenal" (14)
30 may. "Dinamo" - "Krasnodar" (2)



"Krasnodar" qolgan 6ta o'yindan 4tasini o'z maydonida qabul qiladi. Agar jamoa ochko olishda davom etsa hamda "Dinamo" taqib qilaversa, unday holda 30 may kuni bo'lib o'tadigan 30-tur ECHL taqdirini hal qiladi. Aynan shu kuni Moskvada "Dinamo" Odil Ahmedov va uning jamoasini o'z maydonida qabul qiladi.

CSKAning qiyin o'yinlari hali oldinda. "Lokomotiv" va "Spartak"ka qarshi Moskva derbisi. Kamiga "Rubin" bor. "Dinamo" esa 4ta o'yinni safarda o'tkazadi. Bitta qoldirilgan uchrashuv bilan hisoblaganda Lev Yashin izdoshlari ettita o'yin o'tkazishlari kerak.

Albatta, biz Odil Ahmedovni ECHLda ko'rishni istaymiz, buni krasnodarliklar ham juda istashyapti. Qolganini vaqt ko'rsatadi, vaqt esa oz qolgan.

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика