Ahmedov: “Menimcha, bizga xalqaro tajriba etishmadi”
19 sen 2014 07:55
Yangiliklar
Ahmedov: “Menimcha, bizga xalqaro tajriba etishmadi”
“Krasnodar” yarim himoyachisi Odil Ahmedov Evropa Ligasi doirasidagi “Lill” klubiga qarshi o'tkazilgan o'yin (1:1) haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Albatta, g'alaba qozonishimiz uchun yaxshigina imkoniyat yuzaga kelgandi. O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Yaxshi o'yin namoyish etdik ham. Qolgan uchrashuvlarda ham xuddi bugungidek harakat qilishimiz lozim.
Lekin durang ham yomon natija emas. Boz ustiga safarda o'ynadik. Afsuski, ikkinchi bo'limda darvozani ishg'ol qila olmadim. O'zim istagandek zarba bera olmadim. Darvozabon to'pni qaysi burchakka tepishimni topdi.
Darvozagacha 5 metr qolgandi. Men zarba berish, u esa uni bartaraf etish haqida o'ylayotgandi. Bu erda men o'zimni aybdor deb xisoblayman. Keyin Enema ham qutqardi. Menimcha, bugun bizga xalqaro tajriba etishmadi”, - dedi Ahmedov “R-Sport”ga bergan intervyusida.

Fikrlar