U-23 Osiyo kubogi. Ahmad Agamurodov: "CHorak finalga etib kelganimizdan xursandman"
10 iyu 2022 13:27
Yangiliklar
U-23 Osiyo kubogi. Ahmad Agamurodov: "CHorak finalga etib kelganimizdan xursandman"
U-23 Osiyo kubogi chorak finalidan o'rin olgan Avstraliyaga qarshi uchrashuvdan oldingi matbuot anjumanida Turkmaniston U-23 bosh murabbiyi Ahmad Agamurodov va futbolchi Rasul CHoriev ishtirok etdi.
"Bu bosqichga etib kelganimizdan xursandman. Guruh bosqichidagi vazifani muvaffaqiyatli bajardik. Futbolchilar uch kun ichida tayyor holatga kelishdi. Bo'lajak raqibimiz Avstraliya kuchli jamoa. Ular pressingni yaxshi tashkil etishadi. CHorak finaldagi bahsdan katta tajriba olishimiz aniq. G'alaba uchun harakat qilamiz", - deydi Ahmad Agamurodov.
Rasul CHoriev: "Avstraliyaning o'yinlarini ko'rdik. O'ylaymanki, yaxshi uchrashuv bo'ladi. Ertangi o'yinda jamoamga g'alaba qozonishi uchun yordam berishga harakat qilaman".
Fikrlar