Ahad Yusupov: “Lokomotiv” Osiyo CHempionatida muxlislarni xursand qiladi"
27 may 2014 20:00
Yangiliklar
Ahad Yusupov: “Lokomotiv” Osiyo CHempionatida muxlislarni xursand qiladi"
Avval xabar berganimizdek, “Lokomotiv” futzal jamoasi shu yilning 25-30 avgust kunlari Xitoyning CHen Du shahrida bo'lib o'tadigan klublar o'rtasidagi Osiyo CHempionatida O'zbekiston sharafini himoya qiladi.
Kuni-kecha ushbu musobaqaga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Unga ko'ra
“Lokomotiv” “A” guruhidan o'rin oldi. “Temiryo'lchilar”ga guruhda "Nagoya
Oushens" (Yaponiya), "SHenjen Nanling" (Xitoy) va "Vik Vipers" (Avstraliya)
jamoalari raqiblik qiladi.
Aynan ushbu qura va bo'lajak chempionatdagi raqiblar borasida “Lokomotiv” futzal jamoasi bosh murabbiyi Ahad Yusupov bilan suhbatlashdik.
- Mana, futzal klublari o'rtasidagi Osiyo CHempionatiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Guruhdagi raqiblar malum. “A” guruhidan o'rin olgan “Lokomotiv”ning raqiblari va umuman, guruh haqida nimalar deya olasiz?
- Guruh juda kuchli jamoalardan tashkil topgan, deyish mumkin. Avvalo, biz bilan bir guruhda chempionat mezboni Xitoy jamoasi (“SHenjen Nanling”) bor. Mezbonlik maqomi jamoaga ancha ustunlik taqdim etadi. Undan tashqari, bizdagi maxlumotlarga qarganda ularda ancha mahoratli legonerlar ham bor va chempionatgacha xorijdan yana bir necha futzalchi taklif qilishmoqchi. Bizda, o'zingiz bilasiz, hammasi o'zbekistonlik yigitlar. Ammo, biz ham chempionatgacha xorijlik yaxshi futzalchi taklif qilishimiz mumkin. Undan tashqari, guruhimizda Yaponiyaning “Nagoya Oushens” jamoasi bor. Bu jamoani men anchadan beri yaxshi bilaman. O'yinlarini kuzatganman. Juda kuchli jamoalardan. Guruhdagi to'rtinchi jamoa – Avstraliyaning “Vik Vipers”i esa huddi bizga o'xshab boshqa barcha jamoalar uchun – jumboq.
- Umuman, chempionatning yaqqol favoriti, chempionlik uchun asosiy davogar sifatida qaysi jamoani ko'rsatgan bo'lardingiz?
- Bilasizmi, bu musobaqada futzali kuchli mamlakatlarning chempionlari ishtirok etadi. SHundoq ekan hech kimni yaqqol ajratib ko'rsatib bo'lmaydi. CHempionati nisbatan kuchsizroq bo'lgan mamlakatlarning g'oliblari esa legonerlar bilan tarkibini kuchaytirib olish payida bo'lmoqda. SHaxsan men uchun chempionat favoriti – Tailandning “CHonburi Bluveyvs” jamoasi. Ular amaldagi chempion sifatida turnirga tashrif buyurishadi. Umuman hozirgi kunda, Osiyo futzalida Eron, Tailand, Yaponiya klublari hammadan kuchli ekanini isbotlab kelishyapti. Lekin bizning futzalchilarimiz ham ulardan qolishmasligini o'z vaqtida “Ardus” isbotlab qo'ygan. 2012 yilgi klublar o'rtasidagi Osiyo CHempionatida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan “Ardus” finalga qadar etib borib, qitaning eng kuchli klublaridan biri bo'lmish Eronning “Giti Pasand”iga kichik (2:1) hisobda mag'lub bo'lgan va kumush medali sohibiga aylangan edi. Biz ham “Ardus” qayd etgan natijani takrorlashni niyat qilganmiz. Agar shunga erisha olsak, bu - katta yutuq bo'ladi.
- Demak, jamoaga finalgacha etib borish vazifasi qo'yilyapti, shundaymi?
- Yo'q. Biz jamoa oldiga faqat eng oliy maqsadlarni qo'yamiz va bu safar ham shunday bo'ladi. Vazifamiz - finalgacha borishgina emas, balki turnir g'olibi bo'lishdir. Biz shunchaki sayohat qilishga bormaymiz Xitoyga. Hali “Lokomotiv” o'z muhlislarini xursand qiladi.
Abror Qodirov suhbatlashdi
FOTO: Tolibjon Qosimov

Fikrlar