Aguero MYUdagi argentinalik futbolchining Ronaldu haqidagi fikriga javob qaytardi
17 apr 2022 08:15
Yangiliklar


Aguero MYUdagi argentinalik futbolchining Ronaldu haqidagi fikriga javob qaytardi
APL 33-turida “Manchester Yunayted” Krishtianu Ronalduning xet-trigi evaziga “Norvich”dan ustun keldi.
O'yindan keyin Ronaldu xet-trikka erishgan to'pini jamoadagi 17 yoshli sherigi Alexandro Garnachoga sovg'a qilishga qaror qildi. Argentinalik Ronaldu bilan birga tushgan rasmni ijtimoiy tarmoqqa joylab, unga: “barcha davrlarning eng yaxshi o'yinchisi”, deya izoh qoldirdi.
Bunga, “Man Siti” sobiq azosi Serxio Aguero: “Sen shunchaki eng zo'ri bo'lgan Messi bilan hali o'ynamagansan”, deb javob qaytardi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar