Aguero ko'z yoshlarini tiyib tura olmadi...
30 may 2021 08:47
Yangiliklar
Aguero ko'z yoshlarini tiyib tura olmadi...
“Manchester Siti” hujumchisi Serixo Aguero Evropa chempionlari ligasi finalida jamoasining “CHelsi”ga (0:1) uchragan mag'lubiyatidan keyin ko'z yoshlirini tiyib tura olmadi.
Argentinalik futbolchi final bellashuvini zaxirada boshlagan bo'lsada, 77-daqiqadan boshlab maydonda harakat qila boshladi.
ECHL 2020/21 final bellashuvi Port shahridagi “Dragau” stadionida o'tkazilib, unda 1:0 hisobida "CHelsi” g'olib chiqdi. Londonliklar ikkinchi marta ushbu turnirda bosh sovringa ega chiqqan bo'lishsa, “Siti” o'z tarixida ilk marta finalda to'p tepdi.
Agueroning “Manchester Siti” bilan shartnomasi yozda nihoyasiga etadi. Klub 2011 yildan buyon jamoa sharafini himoya qilib kelayotgan futbolchi bilan kelishuvni uzaytirmaslikka qaror qildi. Aguero “shaharliklar” tarkibida besh bor Angliya chempioni va kubogi, uch marta Angliya Superkubogi va olti marta Angliya Liga kubogida g'olib chiqqan.
Fikrlar