Aguero "Barsa" tarkibida rasmiy o'yindagi debyuti haqida: "Ushbu libosda ilk daqiqalarimni o'tkazganimdan mamnunman"
18 okt 2021 12:35
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/664179_original.jpg)
![](/upload/storage/664179_220.jpg)
Aguero "Barsa" tarkibida rasmiy o'yindagi debyuti haqida: "Ushbu libosda ilk daqiqalarimni o'tkazganimdan mamnunman"
"Barselona" forvardi Serxio Aguero La Liga 9-tur doirasidagi "Valensiya" (3:1)ga qarshi o'yindagi debyuti haqida gapirdi.
"G'alaba va ushbu libosda ilk daqiqalarimni o'tkazganimdan mamnunman. Barchaga qo'llab-quvvatlashingiz uchun rahmat. Biz esa ko'prog'iga yo'l olamiz!", - deydi Aguero.
Aguero jarohati sabab hali Kataloniya klubi safida rasmiy o'yinlarda debyut qilmagandi. Forvard "Valensiya"ga qarshi o'yinda 87-daqiqada maydonga tushdi.
Serxio so'nggi bor rasmiy o'yinda 4 iyul kuni harakat qilgandi. U Argentina terma jamoasi libosida Amerika Kubogi doirasidagi Ekvadorga qarshi o'yinda to'p tepgandi. U avgustda jarohat oldi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar