Aguero: "APLning "Oltin butsa"siga ega bo'lishga umid qilyapman"
11 may 2015 11:40
Yangiliklar


Aguero: "APLning "Oltin butsa"siga ega bo'lishga umid qilyapman"
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero KPRga qarshi o'yin (6:0) haqida fikr bildirdi.
"Bugungi natijadan ko'nglim to'ldi. Biz g'alaba qozonib, 3 ochkoga ega bo'lishiz kerak edi. Butun jamoaning o'yinidan mamnunman!
Xet-trik qayd etganimdan baxtliman. Premer-ligada so'nggi ikki uchrashuv qoldi, APLning "Oltin butsa"siga ega bo'lishga umid qilyapman, ammo asosiy maqsadimiz CHempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritish.
Ikkinchi va uchinchi o'rin bir xil imkoniyat beradi, lekin biz doimo yaxshiroq natija qayd etishga uringanmiz" - deydi hujumchi.
Angliya chempionati va to'purarlari bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin.

Fikrlar