So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  2 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  0 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  0 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

AGMKning Superligadagi tahliliy statistikasi Yangiliklar

AGMKning Superligadagi tahliliy statistikasi

AGMK klubi matbuot xizmati jamoasining Superliga-2020 mavsumi yakunlariga bag'ishlangan tahliliy-statistik materialni havola qildi.

Olmaliqliklar uchun tarixiy mavsumga aylangan chempionatda AGMK 26 o'yin o'tkazdi va ularda 14 g'alaba, 7 durang va 5 mag'lubiyat qayd etdi. AGMK joriy mavsumda chempionatdagi barcha jamoalardan ochko olishga erishdi. Eng kam ochko chempion "Paxtakor" va "Metallurg"dan olindi. Eng ko'p ochko, yani har ikkala o'yinda mag'lub etilgan raqiblar: "Bunyodkor", "Mashal", "Qizilqum", "Surxon" va "Andijon".


1-o'rindagi "Paxtakor"dan — 1 ochko

2-o'rindagi "Nasaf"dan — 3 ochko

4-o'rindagi "Bunyodkor"dan — 6 ochko

5-o'rindagi "Qo'qon-1912"dan — 3 ochko

6-o'rindagi "So'g'diyona"dan — 2 ochko

7-o'rindagi "Metallurg"dan — 1 ochko

8-o'rindagi "Navbahor"dan — 2 ochko

9-o'rindagi "Lokomotiv"dan — 3 ochko

10-o'rindagi "Mashal"dan — 6 ochko

11-o'rindagi "Qizilqum"dan — 6 ochko

12-o'rindagi "Surxon"dan — 6 ochko

13-o'rindagi "Andijon"dan — 6 ochko

14-o'rindagi "Buxoro"dan — 4 ochko 


AGMK Superligadagi 53,8% o'yinlarni g'alaba, 26,9% durang va 19,2% mag'lubiyat bilan tugatdi.

AGMK joriy mavsum 11 o'yinni safarda va 11 uchrashuvni uyda o'tkazdi. Qolgan 4 bellashuv esa neytral maydonda bo'ldi. Xususan uydagi o'yinlarda faqatgina "Paxtakor"ga imkoniyat boy berildi hamda "Metallurg" va "So'g'diyona" bilan bahsda durang qayd etildi. Qolgan 8 bellashuvda g'alaba tantana qilindi. Safarda esa "Metallurg", "Nasaf", "Qo'qon-1912" va "Lokomotiv"ga yutqazildi. "So'g'diyona", "Paxtakor" va "Navbahor" bilan durang o'ynaldi. Qolgan o'yinlarda g'alaba tantana qilindi. Markazlashgan 4 turda esa 2 g'alaba va 2 durang qayd etildi.

AGMK chempionatni o'z tarixidagi eng yaxshi natijaga aylangan 3-o'rin bilan yakunladi. SHuningdek, jamoa safardagi o'yinlar bo'yicha ham, uyda qo'lga kiritilgan ochkolar borasida ham uchinchi bo'ldi. 

AGMK Superligadagi joriy mavsumda 25 futbolchi xizmatidan foydalandi. Uch darvozabon va 22 nafar futbolchi joriy mavsumda AGMK libosida maydonga tushdi. Birinchi davradan so'ng ijaradan olingan Hojimat Erkinov "Paxtakor"ga qaytdi va Erkin Baydullaev "Qizilqum"ga transfer qilindi. Jamoaga esa ijaraga berilgan yosh kiper Nizomiddin Ziyovutdinov va "Paxtakor"ga tegishli bo'lgan hamda birinchi davrada "Surxon"da o'ynagan Husniddin G'ofurov keldi.

Jamoa chempionatda 39ta gol urdi, bu har bir o'yinda o'rtacha 1,5 goldan tushadi. Qolaversa jamoa 26 o'yinda 28ta to'p o'tkazib yubordi va bu borada klub rekordini o'rnatdi. Bunga qadar hech bir mavsumda AGMKda bu qadar kam gol o'tkazib yubormagan. AGMK joriy mavsum chempionatdagi 8 uchrashuvni quruq o'tkazdi. SHuningdek, AGMK joriy mavsum barcha jamoalar darvozasini ishg'ol etishni uddaladi.

Kiritilgan gollar 15 futbolchi hisobiga yozildi va yana bitta to'p avtogol (Darko Stanoevich) sifatida qayd etildi. Joriy mavsum AGMK jamoasi vingeri gruziyalik Elguja Grigalashvili jamoamiz to'purariga (7 gol) aylandi. Eng ko'p assistni esa Murod Toshmatov amalga oshirdi.

O'tkazib yuborilgan gollarga keladigan bo'lsak, joriy mavsum Superligadagi 11 jamoaning jami 21 nafar futbolchisi darvozamizga yo'l topgan. Yana bir gol esa avtogol sifatida Vatsadze nomiga yozilgan.


"Surxon" va "Mashal" joriy mavsum AGMK darvozasiga gol urolmadi.


Eng ko'p golni Marat Bikmaev va Doston Hamdamov jamoamiz darvozasiga yo'llashdi - 3. Har ikki futbolchi birinchi hamda ikkinchi davra o'yinlarida darvozamizni ishg'ol etishni uddasidan chiqishdi.


Joriy mavsum AGMK 3 marotaba penaltini amalga oshirdi va ularning ikkitasini golga aylantirdi. Darvozamiz tomon esa to'rtta penalti belgilandi. "Andijon", "Bunyodkor", "Lokomotiv" va "Buxoro" jamoalari darvozamizga penaltidan gol urishdi.


AGMK safida joriy mavsum gol urgan futbolchilar:

Elguja Grigalashvili — 7

Mate Vatsadze — 5

Yovan Jokich — 4

Husniddin G'ofurov — 3

Sanjar Tursunov — 3

Zafar Polvonov — 3

Bahrom Abdurahimov — 2

Jasur Umarov — 2

Arslonmirat Amanov — 2

Bobur Yo'ldoshev — 2

Igor Zonich — 1

Murod Toshmatov — 1

SHahzod Nurmatov — 1

Erkin Baydullaev* — 1

Hojimat Erkinov* — 1

Avtogol — 1 (Darko Stanoevich) 


Golli uzatmalarni amalga oshirgan assistentlar:

Murod Toshmatov — 6

Elguja Grigalashvili — 3

Arslonmirat Amanov — 3

Husniddin G'ofurov — 2

Akmal SHorahmedov — 2

Hojimat Erkinov* — 2

Bobur Yo'ldoshev — 1

Sardor Rahmonov — 1

Mirjamol Qosimov — 1

Yovan Jokich — 1

Bahrom Abdurahimov — 1

Sanjar Tursunov — 1

Mate Vatsadze — 1

Zafar Polvonov — 1

Dilshod Jo'raev — 1

Mirg'iyos Sulaymonov — 1

Valijon Rahimov — 1


AGMK darvozasiga gol urgan futbolchilar:

Bikmaev ("Lokomotiv") — 3

Hamdamov ("Paxtakor") — 3

Sergeev ("Paxtakor") — 2

Stanoevich  ("Nasaf") — 2

Toshqo'ziev ("Metallurg") — 1

Orifov ("So'g'diyona") — 1

Jamshid Hasanov ("Andijon") — 1

Turg'unboev ("Navbahor") — 1

Abdullaev ("Buxoro") — 1

Alijonov ("Buxoro") — 1

Qutibaev ("Metallurg") — 1

Qahramonov ("So'g'diyona") — 1

To'htasinov ("Bunyodkor") — 1

G'iyosov ("Bunyodkor") — 1

Sanoev ("Qizilqum") — 1

Bozorov ("Nasaf") — 1

Holmuhammedov ("Qo'qon-1912") — 1

Bamba ("Qo'qon-1912") — 1

Masharipov ("Paxtakor") — 1

CHeran ("Paxtakor") — 1

Ibragimov ("Buxoro") — 1

Avtogol — 1 (Vatsadze)

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика