So’nggi yangiliklar

22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  1 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  4 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  3 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  32 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  4 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  45 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  6 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  14 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1

AGMKni 2018 yil 17 kishi tark etdi. Qarzdorlik masalasi hozircha yo'q Yangiliklar

AGMKni 2018 yil 17 kishi tark etdi. Qarzdorlik masalasi hozircha yo'q

Teglar :  AGMKSuperliga
Professional futbol ligasi Superliga va Pro-Liga jamoalaridagi qarzdorlik masalasiga jiddiy etibor qaratadi.

Yillar davomida futbol klublari mavsumni kamomad bilan yopib yurgan va buning oqibatida futbolchilar, murabbiylar o'z pullarini undirolmagan. Qolaversa, futbolchilar va murabbiylarni himoya qiladigan tashkilotning o'zi bo'lmagan.

O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov mavsum avvalida bu masalaga jiddiy qarash kerakligini takidlagandi. SHundan keyin PFL bir qator futbolchi va murabbiylar masalasini ijobiy tomonga o'zgartirib berdi. 2018 yilni hech bir klub qarzdorlik bilan yopmasligi PFL uchun muhim faktor. Yo'qsa, ular egallagan o'rnidan qatiy nazar 2019 yilgi mavsum startida sankciyalarga duch keladi.

AGMK 2018 yilning o'zidayoq 17 kishi bilan xayrlashgan. Ularning barchasi klub bilan hisob-kitobini qilib olgan. SHuningdek, jamoada qolib ketgan pullari borasida xo'jalik sudlariga murojaat qilganlar ham bo'lgan. Malumki, PFL komissiyasi birinchi navbatda, undan keyin esa O'FA apellyaciyasi muammoli vaziyatlarni o'rganib chiqadi. Futbol strukturasidagi muammolarga davlat organlari aralashgan holatida PFL mazkur ishga qaytmaydi. Nodavlat, notijorat tashkiloti maqomi jihatdan yuqori organ hisoblanuvchi sudlar qaroriga aralashmaydi.

Yuqoridagi 17 kishi bilan bunday muammo kuzatilmagan. PFL komissiyasi 2019 yilgi mavsum avvalida har bir klub futbolchilari bilan alohida uchrashadi hamda ularning huquqlari borasida, muammoli vaziyatlarni qanday hal qilishi kerakligi bobida tushuntirish beradi. Yillar davomida osilib yotgan va panja ortidan qaralgan ishlar endi bo'lmaydi. Yani, futbol o'z muammolarini o'zi hal qila olganida, ish davlat organlariga qadar etib bormaydi. Bu yo'lda PFL FIFA andozasi asosida shartnoma tayyorlayotgan bo'lib, kelasi mavsumdan boshlab klublar shartnomalar tuzishda undan foydalanadi. Har bir shartnoma PFL komissiyasining jiddiy tekshiruvidan o'tadi.  

Malumot uchun: PFL har qanday klubga nisbatan davo arizalarini ikki yil muddat to'lmagani holda ko'rib chiqadi. Oldinda Superliganing qolgan klublari ham shunday tekshiruvdan o'tadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика