So’nggi yangiliklar

00:43УЕФА ЕЧЛнинг ҳафта рамзий термасини эълон қилди  0 00:19Рафаэль Бенитес Грецияда иш бошлайди ва рекорд маош олади  1 00:00Суперлига. "Бухоро" – "Сўғдиёна" 2:0   0 23:47Европа лигаси. "Бетис" дуранг ўйнади, "Астон Вилла" ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:32"Манчестер Сити"да 2 ўйин ўйнаб, 11 соврин ютган футболчи фаолиятини якунлади  1 23:15ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  1 22:55Биринчи лигада 1-босқич ўйинлари якунланди, медиа жамоаси қатнашадиган плей-оффга қуръа ташланди  0 22:32Александр Хомяков: "Характер томондан ўзимизни кўрсата олдик"  2 22:20Суперлига. "Хоразм" – "Пахтакор" 0:1  0 22:13Иван Бошкович: "Бу "Сўғдиёна"нинг сўнги уч йилдаги энг ёмон ўйини бўлди"  3 21:54Лео Месси: "Бундан жуда хурсандман. Янги стадионда ўйнашни интиқлик билан кутяпмиз"  0 21:35Ҳаким Фузайлов: "Пахтакор" маҳорат томонлама биздан устун келди"  2 21:17"Интер Майами" Месси билан шартнома узайтирилганини маълум қилди  1 21:00Камолиддин Тожиев: "Сафарда муҳим ғалабага эришдик"  12 20:45U-21 биринчилиги. Кучли учликда ўзгариш: "Навбаҳор" ва "Бунёдкор" ўрин алмашди, "Пахтакор" мағлуб бўлди  1

AGMKga o'tish, "Lokomotiv"ga rad javob, Rossiyaning taklifi va maqsadlar - Alisher Jalilov bilan intervyu Yangiliklar

AGMKga o'tish, "Lokomotiv"ga rad javob, Rossiyaning taklifi va maqsadlar - Alisher Jalilov bilan intervyu

2022 yilgi qishki transferlar oynasi bir qator yangi nomlarni omma etiboriga taqdim qilmoqda

Xususan, Olmaliqning AGMK jamoasi ketganlarning o'rnini munosib to'ldiryapti. Tojikistonning "Istiqlol" jamoasidagi o'yinlari bilan tanilgan Alisher Jalilov ushbu mavsumda Mirjalol Qosimov qo'l ostida to'p tepadi. Yarim himoyachining chempionatimizga kelishi avvalroq yuz berishi mumkin edi. Bir necha yil oldin Toshkentning "Lokomotiv" klubi unga og'iz solib ko'rgandi. Biz shu va boshqa savollar bilan Alisher Jalilovni suhbatga chorladik. 

- O'zbek klubida ko'rib turganimizdan xursandmiz. AGMKga o'tishingiz qanday yuz berdi?

- Ochig'ini aytsam barchasi tezda bo'lib ketdi. AGMK jamoasi bilan bir yil oldin OCHL guruh bosqichida to'qnash kelgan edik. O'shanda klub haqida etarlicha malumotlarga ega bo'lgandim. 

- Olmaliqliklar safiga qo'shilishingizda kimlar ko'makchi bo'ldi? SHunday holatlar bo'ladiki, murabbiy bunda muhim rol o'ynaydi, ayrim vaziyatlarda esa agentlar...

- AGMKga kelishimda Bahodir Mirzaev va Davron Mirzaev yordam berishdi. Bosh murabbiy ular orqali menga qiziqish bildirganligini aytishdi. Yangi jamoadaligimdan xursandman. O'ylaymanki, hammasi yaxshi kechadi. Ayni paytda tezroq moslashishga harakat qilmoqdaman. Bunda jamoadoshlarim yordam beryapti. Ularga rahmat aytaman. 

- Nima deb o'ylaysiz, balki aynan o'tgan yilgi OCHLdagi to'qnashuvdan keyin AGMKda sizni qo'lga kiritish istagi paydo bo'lgandir...

- Bo'lishi mumkin. OCHLdan keyin rejalarimga o'zgartirish kiritdim. Avvalgi mavsumdan so'ng yangi chaqiruvlar borasida jiddiy boshqotirib ko'rdim. Yakunda jamoamni o'zgartirishga qaror qildim. 

- Bir narsa qiziq, "Istiqlol" joriy yilda xalqaro maydonda yani OCHLda ishtirok etadi. Sizda ham bunday imkoniyat bor edi-ku. AGMK esa ichki chempionat bilan cheklanishga majbur. Mana shu jihat sizni o'ylantirib qo'ymadimi?

- To'g'ri gapni aytdingiz. "Istiqlol" bu yil ham avvalgi mavsumdagidek xalqaro musobaqada yuqori darajada qatnasha oladi. Ammo hozir aytganimdek, boshqa chorlovlarni qabul qilishni xohladim. Yangi chempionatda o'zimni sinab ko'rmoqchiman. AGMK OCHLda qatnasha olmaydi? Rost. Ammo 2022 yilda chempionlikni qo'lga kiritib ortiqcha muammosiz OCHLga yo'llana olishimiz mumkin. Bunga ishonaman. Oldimizga qo'yilgan vazifani 200 foiz bajarishimiz shart. Barcha musobaqlarda g'oliblik uchun kurashamiz. 

- "Istiqlol" jamoasi 2020 yil OCHLga o'tish uchrashuvida Toshkentda "Lokomotiv"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. G'alaba goliga mualliflik qildingiz. Mazkur bahsdan so'ng "temiryo'lchilar" Alisher Jalilovga jiddiy taklif bilan chiqdi. O'shanda nima uchun chorlovni qabul qilmagansiz?

- Jamoamni o'zgartirishni istmagan edim. CHunki "Istiqlol"ga yaqinda kelgan paytlarim hisoblanardi. SHu bois rad javob berganman. 

- Ukangiz Manuchexr Jalilovni ham biror o'zbek klubida ko'rishimiz mumkinmi?

- Unda bir nechta variantlar bo'ldi, deya olaman. Yakunda "Istiqlol" bilan OCHLda o'ynash qaroriga keldi. Umid qilamanki, yozda Manuchexr Jalilovni chempionatda ko'ramiz. 

- Faoliyatingizdagi eng yaxshi murabbiy kim?

- SHaxsan men uchun Vladimir Raximovich Yujurov va Vitaliy Levchenko eng yaxshi murabbiylar

- Internetdagi malumotlarga asoslanib aytadigan bo'lsak, o'z vaqtida Rossiya yoshlar terma jamoasida maydonga tushgansiz. Ruslarning milliy terma jamoasidan qo'ng'iroq bo'lgani rostmi?

- Ha, faqat Rossiya yoshlar terma jamoasida o'ynash imkoniyatini berishmoqchi bo'lishgan. Asosiy jamoadan taklif olmaganman. Bor gapni aytsam, Rossiya uchun o'ynash istagi yo'q edi. Men faqat o'z ona vatanim terma jamoasining libosida maydonga chiqish, madhiyamizni aytish orzuim hisoblangan. Bolaligimdan Tojikiston terma jamoasi hayolimda turardi. Boshqacha bo'lishi mumkin emas.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика