AGMK o'z rekordini yangiladi
22 avg 2020 16:02
Yangiliklar
Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK Superligada mag'lubiyatga uchramagan yagona jamoa sifatida seriyani davom ettirmoqda. Klub tarixidagi eng muvaffaqiyatli start 6 o'yinlik seriya 11 bellashuvga cho'zildi.
SHuningdek, jamoa joriy mavsum har o'yinda gol urish bobida ham etakchi. Ortda qolgan 11 tur davomida AGMK maydonni golsiz tark etmadi.
SHu o'rinda golli seriya bo'yicha qiziqarli malumot. AGMK o'z tarixidagi eng uzun golli seriyani 2014/2015 yilgi mavsumlarda davom ettirgan. O'shanda jamoa chempionatda qatorasiga 16 o'yinda gol urgan. Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK o'tgan mavsumning 21-turidan boshlagan golli seriyasini joriy mavsum 11-turga qadar davom ettirib, jamoa rekordini yangiladi. «Andijon» bilan uchrashuvda ham raqib darvozasini ishg'ol etgan AGMK chempionatda qatorasiga 17 uchrashuvda gol urib rekordni yangiladi.
AGMK Superliganing 11-turidan keyin 8 g'alaba va 3 durang qayd etgan holda 27 ochko bilan jadvalda 2-o'rinni egallab turibdi.
AGMK golli seriyasi
2019 yil
AGMK — «Nasaf» 2:1 ✅
«Bunyodkor» — AGMK 0:2 ✅
AGMK — «Lokomotiv» 1:1 ◻️
«Qo'qon-1912» — AGMK 1:3 ✅
AGMK — «Qizilqum» 4:1✅
«Buxoro» — AGMK 2:1❌
2020 yil
AGMK — «Metallurg» 1:1◻️
«So'g'diyona» — AGMK 1:1◻️
AGMK — «Bunyodkor» 2:0✅
«Qizilqum» — AGMK 0:1✅
AGMK — «Surxon» 1:0✅
AGMK — «Mashal» 1:0✅
AGMK — «Nasaf» 2:1✅
AGMK — «Qo'qon-1912» 2:1✅
«Paxtakor» — AGMK 2:2◻️
AGMK — «Lokomotiv» 3:1✅
«Andijon» — AGMK 1:3✅
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar