So’nggi yangiliklar

00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  8 00:09"Эспаньол" — "Барселона". Таркиблар маълум  1 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  0 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  5 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  10 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2

AGMK Ukraina klubi bilan durang o'ynadi Yangiliklar

AGMK Ukraina klubi bilan durang o'ynadi

Teglar :  AGMK
Kecha AGMK yana bir o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Ukraina chempionati vakiliga qarshi uchrashuv ikkinchi xorij yig'ini doirasida uchinchi o'yin bo'ldi. Bu bahsda 16 nafar futbolchi ishtirok etdi.

Yanvar oyida ham bu jamoalar bir marta o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishgan va o'sha bahsda luganskliklar 3:0 hisobida g'alaba qozongan edi. Bu galgi to'qnashuv ham qiziqarli va kurashchan ruhda o'tdi. O'yinning 8-daqiqasidayoq hisob ochildi. Jarima maydoni ichida Roman Abdulov raqib futbolchisiga nisbatan qo'pol o'ynaganligi bois, penalti belgilandi. "Zarya" futbolchisi bundan unumli foydalandi. 39-daqiqada hakam raqib darvozaboni ishlatgan qo'pollik sabab penalti belgiladi. Muzaffar Muzaffarov tepgan to'pni Lunin qaytarishga erishdi. Ikkinchi taymda AGMK futbolchilari raqibga nisbatan faolroq harakatlana boshlashdi. Bu 75-daqiqada o'z samarasini berdi. Qanotdan jarima maydoniga yorib kirgan G'ulom-Haydar G'ulomov bir zarb bilan darvozaning uzoq burchagiga to'pni yo'lladi. Hisob tenglashgach, jamoada yana bir nechta gol urish imkoniyati bo'ldi. Yakuniy zarbalarga aniqlik etishmaganligi bois, o'yin shu hisobda yakuniga etdi.

AGMK rejasiga ko'ra navbatdagi bahs 14 fevral kuni Xarkov shahrining "Gelios" jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi. 15 fevral kuni esa Turkmaniston chempioni "Oltin Asr" sparring raqib vazifasini o'taydi. Nazorat o'yinining so'ngisi 17 fevral kuni Gruziya chempionati vakili "Rustavi" jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi.


AGMK - "Zarya" (Ukraina) 1:1

Gol: G'ulom Haydar G'ulomov

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика