AGMK o'z rekordini takrorladi

Narzulla Saydullayev
25 avg 2020, 21:07
Superliganing 12-turida AGMK klubi "Navbahor" bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.

Shunday qilib, ketma-ket 12ta uchrashuvda yutqazmagan AGMK o'zining mag'lubiyatsiz seriyali rekordini takrorladi. 2008 yildan buyon O'zbekiston chempionatida ishtirok etib kelayotgan jamoaning eng uzun mag'lubiyatsiz seriyasi 2017 yilda qayd etilgan va u 12ta o'yindan iborat edi.

Ma'lumot uchun, 13-turda AGMK "Buxoro"ga qarshi o'ynaydi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia