So’nggi yangiliklar

13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  1 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  5 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  8 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37

AGMK OCHL-2021da o'ynaydi, "Nasaf" OFK kubogida o'ynashi mumkin... Yangiliklar

AGMK OCHL-2021da o'ynaydi, "Nasaf" OFK kubogida o'ynashi mumkin...

Teglar :  NasafOCHL-2021
Qarshining "Nasaf" klubi 2021 yilgi Osiyo chempionlar ligasida o'ynay olmasligi aniq bo'ldi.

OFK "Nasaf"ga istisno tariqasiga licenziya olish uchun so'nggi imkoniyatni bergani haqida xabar berildi. Championat.asia malumotiga ko'ra, "Nasaf" barcha hujjatlarni yuborishga ulgursa, 2021 yil maksimum OFK kubogida ishtirok etishi mumkin. Sababi OCHL licenziyasi uchun hujjatlar yuborish allaqachon yakuniga etgan. OFK Qarshi klubiga faqat OFK kubogida qatnashish uchun imkoniyat bermoqda. Malumot uchun, OCHL va OFK kubogi uchun licenziya olish o'rtasida juda katta farq bor hamda talablar turlicha.

SHu tariqa, "Paxtakor" O'zbekiston chempioni sifatida OCHL guruh bosqichida, AGMK esa bronza medali sohibi sifatida OCHL pley-off bosqichida ishtirok etadi. Sababi mamlakat kubogi yarim finaliga chiqqan "Nasaf" va "Qo'qon-1912" klublari OCHL licenziyasini olishmagan. SHu bois, kubokni qaysi jamoa qo'lga kiritsa ham OCHL pley-off bosqichida AGMK o'ynaydi. 

Agar Olmaliq klubi pley-off orqali guruh bosqichiga chiqa olsa va "Nasaf" hujjatlarni vaqtida topshira olsa, "Ajdarlar" 2021 yilgi OFK kubogida qatnashishadi. Agar AGMK pley offdan o'ta olmasa, Olmaliq klubining o'zi OFK kubogida o'ynaydi.

Reyting: -84   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика