AGMK OCHL-2019 saralashida qaysi klubga qarshi o'ynaydi?
29 okt 2018 17:38
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/460360_original.jpg)
![](/upload/storage/460360_220.jpg)
AGMK OCHL-2019 saralashida qaysi klubga qarshi o'ynaydi?
O'zbekiston kubogi sohibiga aylangan AGMK keyingi yil Osiyo chempionlar ligasi saralashida o'ynaydi.
Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi jamoa OCHL guruh bosqichiga chiqishi uchun ikkita raqibni mag'lub etishi talab etiladi.
AGMK yangi mavsumni 12 fevral kuni o'z maydonida boshlaydi. Raqib katta ehtimol bilan Tojikiston chempioni va Bahrayn chempioni o'rtasidagi o'yin g'olibi bo'ladi. Agar 12 fevral kuni olmaliqliklar g'alaba qozonishsa, 19 fevral kuni Saudiya Arabistonida "Al-Nasr" mehmoni bo'ladi. Mana shu uchrashuv g'olibi OCHL guruh bosqichiga chiqadi.
Bu haqda Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida malum qildi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar