AGMK nazorat uchrashuvida "Andijon"ni mag'lub etdi
11 iyu 2022 22:42
Yangiliklar


AGMK nazorat uchrashuvida "Andijon"ni mag'lub etdi
Olmaliqliklar ikkinchi davraga tadorik ko'rish doirasida nazorat bellashuvida Pro-liga peshqadamlaridan biri "Andijon" bilan bahslashdi.
Uchrashuvda Toshkent viloyati vakillari 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Gollarga olmaliqliklardan Zafar Polvonov hamda Xurshid G'iyosov mualliflik qildi. "Andijon"dan esa Malikshoh Rasulov to'p kiritdi.
AGMK jamoasi Superliganing ikkinchi davrasiga tayyorgarlikni "Archazor"da davom ettiradi.
"AGMK" - "Andijon" 2:1
Gollar: Xurshid G'iyosov, Zafar Polvonov - Malikshox Rasulov.
"Andijon" tarkibi: Eldor Adhamov, Abduvoxid G'ulomov, Islom Mamatkazin, Ahmadjon Anvarov, Ilhom Alijonov, Goran Miloyko, Axror Inoyatov, Muhammadkarim Toirov, Farhod Sohibjonov, Suxrob Berdiev, SHahboz Erkinov.
Zaxiradan tushganlar: Xurshid Xo'jaev, Alisher Jo'raboev, Ildar Mamatkazin, Vladimir Bubanya, Abdurahmon Komilov, Izzatillo Abdulxaqov, Malikshoh Rasulov, Mirjalol Mirzaev, Saidumar Sodiqov, Bogdan Milich, Asilbek Aysarov, Oyatillo Obidjonov, SHerzod Esanov, Ibrohim Muxtorov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar