AGMK kutilmaganda Dubayga uchib ketdi
20 jan 2022 14:24
Yangiliklar
AGMK kutilmaganda Dubayga uchib ketdi
Toshkentda 5 yanvar kuni to'plangan va 2 hafta davomida Toshkentdagi «Tadjiev Start» futbol maktabiga qarashli suniy qoplamali maydonda shug'ullangan jamoa tayyorgarlik rejasini uchinchi bosqichini xorijda o'tkazadi.
Deyarli ikki hafta (20 yanvar - 2 fevral) davomida BAAning Dubay shahrida yangi mavsumga qizg'in taraddud ko'radigan AGMK yig'in doirasida ikkita nazorat o'yinlarini o'tkazishni rejalashtirgan. Uchrashuvlar sanasi va bo'lajak raqiblar haqida keyinroq batafsil malumot beriladi.
O'quv-mashg'ulot yig'inida darvozabon Valijon Rahimov va tayanch yarim himoyachi Abdulla Abdullaev O'zbekiston milliy jamoasining Dubaydagi yig'inida ishtirok etayotgani bois qatnashmaydi.
AGMK Dubaydagi «Jebel Ali» sport kompleksiga qarashli mehmonxonaga joylashadi va bugun kunning ikkinchi yarmidan yig'inga kirishadi.
Eslatib o'tamiz, bunga qadar Olmaliq jamoa xorij yig'ini haqida malumot bermagan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar