AGMK jamoasi qisqa tatildan qaytdi
10 iyu 2021 19:17
Yangiliklar
"AGMK Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida CHimyon tog' yonbag'rida joylashgan "Archazor"da yig'in o'tkazmoqda.
"Qo'qon-1912"ga qarshi kechgan o'yindan keyin futbolchilarga berilgan tatildan so'ng jamoa 9 iyul kunidan etiboran jismoniy holatini yanada yaxshilash uchun "Archazor"da to'planib, Superliganing ikkinchi davra o'yinlariga jiddiy hozirlik ko'rmoqda.
Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan bo'lib o'tmoqda", – deya xabar beradi AGMK matbuot xizmati.
Fikrlar