AGMK yarim himoyachisi bu yilgi Superligada maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi
31 iyu 2021 23:05
Yangiliklar
AGMK yarim himoyachisi bu yilgi Superligada maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi
Bugun Superliganing 13-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - AGMK (0:0) uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Ushbu bahsning so'nggi daqiqalarida Olmaliq klubi safida 2004 yilda tug'ilgan yarim himoyachi Nodir Abdurazzoqov maydonga tushdi. SHu tariqa Abdurazzoqov 2021 yil Superligada maydonga tushgan eng yosh (17 yosh, 2 oy va 4 kunlik) futbolchiga aylandi.
Bundan oldingi rekord "Nasaf" vakili SHahzod Akromovga tegishli edi - 17 yosh, 2 oy va 8 kun.
O’xshash yangiliklar
19:18
"Yigitlarga motivaciya berish shart emasdi, chunki titul o'rtaga tikilgandi" - Nodir Eliboev 0
Fikrlar