So’nggi yangiliklar

15:00Ўзбекистон U-23 - Шри-Ланка U-23  3 14:40Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Арманистонга кимларни олиб кетди?  0 13:41Рауль – "Байер" мураббийлигига номзодлардан бири  1 13:38Гулжигит Аликулов - Ўмон билан ўйин, "Қайрат" ва Жалолиддинов ҳақида   0 13:25ФОТОГАЛЕРЕЯ. "CAFA Nations Cup-2025". Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  1 12:55Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 12:34Дидар Дурдиев: "Ўзбекистон билан дуранг ўйнашимиз мумкин эди"  3 12:00Игорь Сергеев: "Шквирин ва Аҳмедовни ортда қолдирдим? Термада шахсий статистика эмас, жамоа манфаати муҳимроқ"  7 11:39Алишер Одилов: Терма жамоадаги дебютим кутганимдек зўр бўлмади, сабаби..."  12 10:40Суперкомпьютер Чемпионлар лигаси фаворитлари номини эълон қилди  12 10:04Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси ҳам Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  5 09:06Халқаро ўртоқлик турнири. Бугун ўсмирларимиз Англияга қарши майдонга тушади  9 08:35Ёзнинг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Рўйхатнинг дастлабки учта ўрни бир жамоага тегишли  8 08:04"Байер"дан хайдалган тен Хаг қанча товон пули олиши маълум  9 07:32Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"нинг EЧЛ қайдномасидан жой олди  14

AGMK – “Buxoro”: O'zaro o'yinlar tarixidan... Yangiliklar

AGMK – “Buxoro”: O'zaro o'yinlar tarixidan...

2008 yildan boshlab O'zbekiston milliy chempionatida ishtirok eta boshlagan AGMK faoliyati davomida Buxoro shahri jamoasi bilan 20 marta to'qnash kelgan ekan.

SHundan 10tasi o'z maydonida, 10tasi safarda o'tkazilgan. O'z maydonida o'tgan 10 uchrashuvning 5tasida g'alaba qozongan bo'lsa, 3 o'yin durang va yana 2 bahsda raqib g'olib bo'lgan.

AGMK o'z maydonida erishgan 5 g'alabasidan 2tasida yirik hisobda zafar quchgan (2009 yil – 5:0 va 2011 yil 6:1). SHuningdek, o'zaro o'yinlardagi duranglarni har uchalasi ham Olmaliqda o'tgan bahslarda qayd etilgan. AGMK “Buxoro” bilan 2010 yilgi mavsumda uchrashmagan, sababi buxoroliklar o'sha mavsumni 1-ligada o'tkazishgan. Umumiy statistika bo'yicha olmaliqliklar hisobida 9 g'alaba, 3 durang va 8 mag'lubiyat mavjud. To'plar nisbati AGMK foydasiga - 34-23.

Ko'p yillik to'qnashuvlar natijasida bu ikki jamoa tarkibi tez-tez o'zgarib turganligiga guvoh bo'lamiz. Ortda qolgan 20 o'yin davomida AGMK tarkibida 117 nafar futbolchi maydonga tushgan bo'lsa, “Buxoro” safida o'ynagan futbolchilar 124 nafarni tashkil etadi. SHu futbolchilar orasida har ikki jamoa tarkibida maydonga tushgan futbolchilar 13 nafar ekan.



Turli yillarda SHuhrat Musaev, Abdurazzoq Jo'raev, Georgi Kvesieshvili, Arturas Fomenko, Abduqahhor Xojiakbarov, Maruf Murodov, Dilyaver Abibullaev, Saidkomil Akbarov, SHavkat Mullajonov, SHahboz Erkinov, SHavkat Salomov, Salamat Quttiboev va Arslonmurod Amanovlar o'zaro o'yinlarda ishtirok etishgan.

SHu bilan bir qatorda har ikki jamoa tarkibida bo'lgan ammo AGMK yoki “Buxoro”ga qarshi maydonga tushmagan futbolchilar ham bor. Ular Alisher Samatov, Rahmatullo Berdimurodov, Hasan Asqarov, Qahramon Bahodirov, Otabek Valijonov, Andrey Vlasichev, Aziz G'ulomxo'jaev, Artyom Nikitenko, Oybek Nurboev, Alibobo Rahmatullaev, Dilshod Umarxonov, Vadim CHemirtan va Sanat SHixovlardir.

Yaqinlashib kelayotgan 21-bahsda sobiqlar to'qnashuvi yana ko'payishi mumkin. AGMK tarkibida o'tgan mavsumlarda “Buxoro” safida to'p tepgan Sanat SHixov, Sardor Rahmonov, raqib safida esa Azamat Isroilov, Xurshid Xodjaev maydonga tushishi kutilmoqda.



O'zaro uchrashuvlarda eng ko'p maydonga tushgan futbolchilar

AGMK tarkibida “Buxoro”ga qarshi eng ko'p maydonga tushgan futbolchi Zohir Pirimov ekan. U 13 uchrashuvda AGMK sharafini himoya qilgan. Doston Abdurahmonov 10, Evgeniy Gogol 9, Aleksandr Vostrikov va Abduqahhor Xojiakbarov 8tadan, Darko Stanoevich 7, SHavkat Mullajonov, Mo'ydin Mamazulumov, Diyor Turopov va Islom Inomovlar 6tadan o'yinda “Buxoro”ga qarshi o'ynagan.

“Buxoro” tarkibida AGMKga eng ko'p maydonga tushgan futbolchi Suxrob Nematov hisobida ham 13 o'yin mavjud ekan. Alisher Sanaev 11, Jasur Hasanov 10, Bobur Omonov 8, Otabek Narzullaev va Sardor Qobuljonov 7tadan, Sanat SHixov 6 bahsda AGMKga qarshi to'p surgan.

O'zaro o'yinlardagi to'purarlar
O'zaro o'yinlarda AGMK futbolchilari raqib darvozasiga 34 gol urishga erishgan. Eng ko'p gol Mo'ydin Mamazulumovga tegishli. U 5 marta “Buxoro” darvozasini ishg'ol qilgan. Aleksandr Vostrikov hisobida 4 gol bilan ikkinchi, Yovan Jokich 3 gol bilan uchinchi o'rinda turibdi. Umumiy hisobda 22 nafar futbolchi gol urishga erishgan. Bitta avtogol “Buxoro” posboni Asilbek Omonov hisobiga yozilgan.

“Buxoro” futbolchilari 23 gol urishga erishgan. Jasur Hasanov va Vohid SHodiev hisobida 3tadan gol mavjud. Suxrob Nematov, Ivan Nagaev, Jamoliddin Ubaydullaev va Arslonmurod Amanov hisobida 2tadan gol bor. Umumiy hisobda 15 futbolchi gol urgan.




OLMALIQDA BO'LIB O'TGAN O'ZARO O'YINLAR STATISTIKASI


AGMK - BUXORO - 0:0
03.05.2008. 8 tur. 4835 tomoshabin.
Hakam:
Rasulov Abduhamidullo - 8,2
------------------------------
OLMALIQ - BUXORO - 5:0 (2:0)
23.08.2009. 19 tur. 4358 tomoshabin.
Hakam:
Saidov Rustam - 9,4
Gollar: Vostrikov Aleksandr, 44, 85, Mamazulumov Mo'ydin, 45, 51, Ergashev Doniyor, 75
------------------------------
OLMALIQ - BUXORO - 6:1 (2:0)
01.10.2011. 22 tur. 4328 tomoshabin.
Hakam:
Kovalenko Valentin - 9,4
Gollar: Xojiakbarov Abduqahhor, 29, Kucherenko Ivan, 45+1, Mamazulumov Muydin, 51-pen., 61, Rahmatullaev Dilshod, 53, Rahimov Anvar, 88 - Hasanov Jasur, 76-pen.
------------------------------
OLMALIQ - BUXORO - 1:3 (1:2)
26.08.2012. 17 tur. 2154 tomoshabin.
Hakam:
Zaylobiddinov Sultan
Gollar: Stanoevich Darko, 30 - Narzullaev Otabek, 40, Hasanov Jasur, 44, 58
------------------------------
OLMALIQ - BUXORO - 3:2 (2:1)
05.10.2013. 21 tur. 3257 tomoshabin.
Hakam:
Asimov Aziz
Gollar: Abibullaev Dilyaver, 10, Stanoevich Darko, 31, Polvonov Zafar, 60 - SHodiev Vohid, 26, 87
CHetlatish: SHoahmedov Sanjar, 90 - Mahmudov Alisher, 90
------------------------------
OLMALIQ - BUXORO - 2:1 (1:0)
06.06.2014. 11 tur. 5601 tomoshabin.
Hakam:
Ro'ziev Hasan
Gollar: Alempievich Aleksandr, 8, 48 - Ubaydullaev Jamoliddin, 83
------------------------------
OLMALIQ - BUXORO - 1:1 (1:1)
12.09.2015. 21 tur. 2583 tomoshabin.
Hakam:
Asimov Aziz - 8,2
Gollar: Pavlenko Nikita, 45+2 - Ibragimov Aziz, 41
CHetlatish: Jo'raev Sahob, 19 (O)
------------------------------
OLMALIQ - BUXORO - 0:1 (0:1)
03.08.2016. 16 tur. 1227 tomoshabin.
Hakam:
Ermatov Ravshan - 9
Gol: Pardaev Bahodir, 23-pen.
CHetlatish: Mullajonov SHavkat, 90 (B)
------------------------------



OLMALIQ - BUXORO - 1:1 (0:0)
05.08.2017. 16 tur. 3211 tomoshabin.
Hakam
: Ermatov Ravshan - 9
Gollar: Grigalashvili SHota, 90-pen. - Nagaev Ivan, 70 (0:1)
Noaniq penalti: Yelich Igor (O), 37
------------------------------
AGMK - BUXORO - 2:0 (1:0)
23.07.2018. 18 tur. 3422 tomoshabin.
Hakam:
Kovalenko Valentin
Gollar: Jokich Yovan, 41-pen., 73


OKMK

Superliga. 1-tur

09/03/2019, 18:00

0
:
0
Tugadi

Buxoro

45'
90'
46'  SHahboz Umarov (Zohir Pirimov)
72'  Sanat Shixov (Shohnazar Norbekov)
76'  Zafar Polvonov (Jasur Hakimov)
90'  G’ulomhaydar G’ulomov
62'  Ivan Nagayev (Firdavs Asadov)
68'  Vladimir Baenko
69'  Ergash Ismoilov (Jamoliddin Ubaydullayev)
86'  Asadbek Sobirzhonov (Doston Ibragimov)

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика