AGMK bugun yurishini boshlaydi. Vakillarimizning Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatidagi o'yinlar taqvimi
07 avg 2019 11:54
Yangiliklar


AGMK bugun yurishini boshlaydi. Vakillarimizning Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatidagi o'yinlar taqvimi
O'zbekiston chempioni sifatida qatnashadigan AGMK ham o'z yurishini bugun boshlaydi. Aleksandr Petrov shogirdlari ilk o'yinni Vetnam chempioni "Tai Son Nam"ga qarshi o'tkazishadi.
"Sport" telekanali AGMK ishtirokidagi o'yinni 21:00da yozib olgan holda ko'rsatadi. Taekvondo bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionati ham bugun start olishi va ushbu musobaqa Toshkentda o'tkazilishi sabab "Sport TV" AGMKning birinchi tur uchrashuvini to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish eta olmaydi.
Bundan tashqari, olmaliqliklarning 2-turdagi o'yini ham yozib olingan holda kechki dasturlarda namoyish etiladi. Faqatgina uchinchi turga kelib AGMK ishtirokidagi bahs to'g'ridan-to'g'ri efirda ko'rsatiladi.
AGMKning Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatidagi o'yinlar taqvimi:
"B" guruhi
1-tur, 07.08.2019
10:00. "Naft Al Vasat" - "Al Rayyan"
15:00. "Tai Son Nam" - AGMK ("Sport TV"da 21:00da, yozib olingan holda)
2-tur, 09.08.2019
10:00. AGMK - "Naft Al Vasat" ("Sport TV"da 22:00da, yozib olingan holda)
15:00. "Al Rayyan" - "Tai Son Nam"
3-tur, 11.08.2019
10:00. "Tai Son Nam" - "Naft Al Vasat"
12:30. "Al Rayyan" - AGMK ("Sport TV"da to'g'ridan-to'g'ri efirda)
AGMKga xalqaro musobaqada omadli ishtirokni tilab qolamiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar