AGMK 36 yoshli forvardi bilan shartnomani uzaytirdi
16 jan 2022 17:07
Yangiliklar
AGMK 36 yoshli forvardi bilan shartnomani uzaytirdi
Olmaliqlik muxlislar yoqimtoyi, jamoa tarixidagi eng yaxshi to'purar hujumchilardan biri, AGMK safida barcha - 5 musobaqada (Superliga, O'zbekiston kubogi, Liga Kubogi, OCHL, Superkubok) gol urgan yagona futbolchi - Zafar Polvonov yangi mavsumda ham jamoa sharafini himoya qiladi.
Tajribali goledor hujumchi Zafar Polvonov klub bilan o'rtadagi bitimni 2022 yil yakuniga qadar uzaytirdi. 36 yoshli futbolchi AGMKda to'qqizinchi mavsumni o'tkazishga tayyor.
Zafar Polvonov AGMK safida 189 o'yinda maydonga tushgan va raqiblari darvozasiga 60 marotaba gol urgan.
Tajribali hujumchi butun faoliyati davomida 388 uchrashuvda maydonga tushgan va 110 bor gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Golga chanqoq va bosh bilan o'ynash hadisini olgan ajoyib hujumchi yangi mavsumda ham AGMK libosida muxlislarni xursand etishiga ishonamiz.
Fikrlar