OCHL. Zafar Polvonov - 2-turning eng yaxshi futbolchisi (+ramziy jamoa)

19 apr 2021, 21:19
G'arb Mintaqasida Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 2-tur bahslari nihoyasiga etdi.

Bugun mazkur turning ramziy jamoasi ham e'lon qilindi. E'tiborli jihati, undan AGMK forvardi Zafar Polvonov ham o'rin egallagan:

Darvozabon: Diraj Singh (Goa)

Himoyachilar: Muhammad al-Burayk ("Al Hilol"), Hodi Muhammadi ("Traktor"), Fares Juma ("Al Vahda"), Mehran D. ("Fulad")

Yarim himoyachilar: Ali Karimi, Karim Budiaf (har ikkofi - "Al Duxayl", Andre Karrilo ("Al Hilol"), Mehdi Tarobi ("Persepolis")

Hujumchilar: Shahriyor M. ("Persepolis"), Zafar Polvonov (AGMK)

Shuningdek, Polvonov 2-turning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. "Istiqlol" darvozasini 2 bor ishg'ol qilgan futbolchining harakatlari 10 ballik tizimdan 8,3 ga baho olgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia