Agent: "Kloze faoliyatini yakunlash borasida qaror qabul qilgani yo'q"
Aslanov Jasurbek
16 yanv 2016, 12:12
"Lacio" hujumchisi Miroslav Klozening agenti Aleksandr Shyuttning takidlashicha, uning 37 yoshli mijozi faoliyatini yakunlashni rejalashtirmayapti.
"Kloze faoliyatini yakunlash borasida qaror qabul qilgani yo'q. Biz shoshayotganimiz yo'q. Agar shart bo'lsa, buni rasman e'lon qilamiz" - deydi Shyutt.