Agent Jorjinoning narxini va unga qaysi klublar qiziqayotganini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
9 apr 2021, 00:31
"Chelsi" futbolchisi Jorjinoning agenti Joau Santush futbolchining kelajagi borasida fikr bildirdi.

"U Italiyaga qaytishni istamoqda. Agarda "Napoli" uni qaytarishni istasa, biz shartlarni eshitishga tayyormiz.

Uning narxi 50 mln evro, shartnoma esa yana 2 yil amal qiladi. Abramovich esa Jorjinoga shartnomani uzaytirishni taklif qilmoqda.

"Yuventus"? Unga nafaqat ushbu klub, balki, "Milan" va "Inter" ham qiziqish bildirmoqda", - dedi agent.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal