Agent Jigoni mahalliylashtirish va Rossiya terma jamoasida o'ynatishni taklif qildi

Alisher
2 may 2020, 15:20
Futbol agenti Marko Trabukka Rossiya terma jamoasini kuchaytirish bo'yicha o'z taklifini taqdim etdi.

"Agar Jigo bir yildan so'ng yangi qonunlar bo'yicha Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini olsa, uzoq yillar terma jamoaning asosiy himoyachisi bo'lishiga aminman", - deydi Trabukki metaratings.ru saytiga.

Jigo asli jazoirlik bo'lgan Fransiya fuqarosi. Afrika termasi uni termaga taklif qilmoqchi edi, ammo u Jazoir terma jamoasi uchun o'ynashdan bosh tortdi.

Jigo "Spartak"ga 2018 yilning yozida o'tgan. U Moskva jamoasi tarkibida joriy mavsum RPLda 19ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi, shuningdek 5ta sariq kartochka ham oldi.


Manba: metaratings.ru

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif