Agent Jasur Jaloliddinovning transfer mashmashasi haqida gapirdi
16 jan 2021 08:30
Yangiliklar


Agent Jasur Jaloliddinovning transfer mashmashasi haqida gapirdi
Futbolchi Jasur Jaloliddinovning agenti Yuriy Belous hamyurtimiz atrofida yuzaga kelgan vaziyat haqida gapirdi.
"Odamlar eshitib qolganini yozaveradilar, ammo uning qaerda ekanligini bilishmaydi. Unda transfer narxi yo'q edi. Xa, agentlik haqqi bo'lgan, tamom. Janjal O'zbekistonda boshlangan. Bizning OAV esa barchasini ko'chirib yozdi.
"Bunyodkor"ning sobiq bosh direktori Jasurni qo'yib yuborishni istamagani uchun barchasi boshlandi: uning oldida "Beshiktosh" va boshqa klublardan takliflar bor edi. Biznikilarga esa xayp kerak: sen o'g'irlagansan yoki seni o'marishdi.
30 barobar ortiqcha to'langani noto'g'ri. CHunki transfer summasining o'zi yo'q. Kelishuv bo'lgan, klubga tovon puli to'lab berilgan. Barchasi shaffof va toza, xech qanday savollar yo'q", - deya Belousning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Championat.com nashri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar