Agent Jaloliddinov bilan bog'liq holatga izoh berdi
20 sen 2020 21:35
Yangiliklar


Agent Jaloliddinov bilan bog'liq holatga izoh berdi
“Lokomotiv” Jasur Jaloliddinovni RPL uchun elon qilingan futbolchilar ro'yxatidan chiqarib, uning o'rniga chernogoriyalik hujumchi Luka Jorjevichni qaydnomaga kiritgandi.
Jaloliddinovning agenti Yuriy Belous bunga munosabat bildirdi.
“Lokomotiv” Jasurni avvalo limit tufayli ro'yxatdan chiqardi. Qo'shimcha qiladigan bo'lsak, u doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lishi kerak. Ularda qanday rejalar bor? Ijaraga berish va ortga qaytarish, keyinchalik jamoaviy mashg'ulotlarni borib qo'shiladi. Biroq, o'ylashimcha buni Kiknadzedan (“Loko” prezidenti va bosh direktori) so'rashingiz kerak”, deydi agent.
Avvalroq, 18 yoshli futbolchining O'zbekistonga qaytish ehtimoli borligi haqda xabar bergandik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar