Agent: "Belarus chempionatidagilar orasidan Rossiyada o'ynay olishi mumkin bo'lgan yagona o'yinchi - Yaxshiboev"

Tolibjon Qosimov
17 apr 2020, 06:54
Mashhur futbol agenti Timur Gurckaya uning fikricha Belarus chempionatidan kim Rossiya chempionatiga o'tishi mumkinligini aytdi.

"Belarusda "Neman"ga muxlislik qilaman, endi esa "Energetik-BGU"ga ham. U yerda o'zbekistonlik yaxshi futbolchi o'ynaydi - Yaxshiboev. Ochig'ini aytadigan bo'lsam, u Belarus chempionatidagi o'yinchilar orasidan Rossiyada o'ynay oladigan yagona futbolchi", - deya agentning so'zlarini keltirdi "football.by" nashri.

Agent Timur Gurckaya "Chelsi" afsonasi Jon Terri bilan birga.


Eslatib o'tamiz, "Energetik-BGU" kecha Belarus chempionati 5-turi doirasida o'z maydonida "Gorodeya"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Jasur Yaxshiboev 46-daqiqada o'rnini boshqa bir hamyurtimiz Shahboz Umarovga bo'shatib berdi. Yaxshiboev hozircha 3ta gol urgan va bitta golli pas bergan.

Belarus chempionati. "Energetik-BGU" qatorasiga 2-o'yinda gol ura olmay, mag'lubiyatga uchradi

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.by