So’nggi yangiliklar

01:36Сергей Лушчан: "12 кунлик йиғин давомида футболчилар қулдек меҳнат қилишди. Бундай футболчилар билан ишлаш шунчаки ажойиб"  6 00:39Иван Бошкович: "120 дақиқа курашиш икки жамоа учун ҳам осон бўлмади. Ушбу таркибга ишонганим сабаб кўп трансферларга қўл урмадик"  3 00:32Сардор Рашидов жиддий жароҳат сабаб бир неча ойга сафдан чиқди  12 00:04Александр Хомяков: "Ҳар қандай жамоа кутилмаган сюрприз тайёрлаб қўйиши мумкин"  4 23:54"Ланс" назорат ўйинида "Версал"ни мағлуб қилди. Абдуқодир Ҳусанов бир тайм ўйнади  0 23:40Ўзбекистон Кубоги 1/4 финал. "Сўғдиёна" - "Навбаҳор" 2:3, Сайфиев сўнги дақиқада майдондан четлатилди  3 23:32Жамшид Саидов кубокдаги йирик мағлубиятдан сўнг: "Асосий мақсадимиз чемпионат ўйинларига қаратилган"  7 23:15Тимур Кападзе Париждаги ташкилотчилик ҳақидаги гаплари нотўғри талқин қилинаётганини айтди  23 22:50Ўзбекистон Кубоги. Жиззахдаги йил ўйинида "Навбаҳор" "Сўғдиёна"ни ютди ва ярим финалга чиқди  100 22:20Ўзбекистон кубоги. "Қизилқум" – "Андижон" 0:3. Highlights  1 22:00"Андижон" "Қизилқум" устидан йирик ғалаба қозониб, Ўзбекистон кубоги ярим финалига йўл олди!  24 21:35Ўзбекистонлик футболчи ўртоқлик ўйинида "Атлетико Мадрид" дарвозасига гол урди  7 21:10"Ал Насср" "Манчестер Юнайтед" вингерини сотиб олишни жиддий мақсад қилди  2 20:47УЕФА Родри ва Моратани жазолади!  1 20:28"Норвич" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0

Agar hayot bo'lganida Mixail An 63 yoshga to'lgan bo'lardi Yangiliklar

Agar hayot bo'lganida Mixail An 63 yoshga to'lgan bo'lardi

Teglar :  Mixail AnPaxtakor
Bugun 9 dekabr, agar hayot bo'lganida "Paxtakor" klubining afsonaviy futbolchisi Mixail An 63 yoshga to'lgan bo'lar edi.

Mixail An 1952 yilning 9 dekabrida Toshkent viloyati Ahmad Yassaviy tumanida tavallud topdi. Kolxoz yaqinida Politotdel stadioni va uni yonida esa yoshlar uchun ajoyib maydon bor edi. Mixail aynan shu maydonda do'stlari bilan futbol o'ynar edi. Kech bo'lib maydonda to'p ko'rinmay qolgan paytgina uyiga qaytadigan Anning tumandagi eng yaqin do'stlaridan biri, bu Rustam Akramov edi. Rustam Akramovich Ahmad Yassaviy tumaniga yaqin bo'lgan Yangibozor qishlog'ida tavallud topgan, ammo ular futbolni deyarli birga o'ynashar edi. An o'zidan 3 yosh katta bo'lgan Akramovning do'stlari oldida yo'qolib qolmas, aksincha ularning ishini engil qilar edi.

Misha bilan birga o'sdik. U kun bo'yi biz bilan birga futbol o'ynar edi. Yosh bo'lsada, bir o'zi kamida 8 futbolchini aldamasdan qo'ymasdi. Eng qizig'i aldashga aldardiyu, jismoniy jihatdan nozik bo'lganligi uchun darvoza oldiga borib gol uradigan payti qiynalib qolar edi. Bazan shunday paytlar nega gol ura olmayapman, - deb yig'lardi, vaholanki ungacha qilinishi kerak bo'lgan barcha ishlarni alo darajada uddalar edi. Faqat o'zidan ancha katta yoshdagi futbolchilar bilan o'ynayotganligi uchun qiynalardi. Ammo kelajakda unga bu faqat foyda berdi. Kollejga o'qishga kirganidan keyin u nafaqat tumanimizning, balki Respublikamizning faxriga aylandi, - deya xotirlaydi futbol professori.
 
Unga futbolning dastlabki sir asrorlarini tumandagi murabbiy Aleksandr Lyan o'rgatgan edi. Istedodlarni qaerda yo'qotayapmiz degan savolga Mixail An orqali javob berishimiz mumkin. Bugungi kunda 10 yoshli bolalarni biron-bir futbol maktabiga olib boring, kech qoldingiz degan javobni eshitasiz. Mixail An 12 yoshida oddiygina tuman futbol maktabiga boradi. Millionlab muxlislar tan olgan futbolchi haqida uning birinch murabbiyi shunday deydi: - Ming afsuski, uning tug'ilgan kunida o'zi ishtirok eta olmayapti. Hali ham ishonish qiyin. Mana hozir Misha oramizda yo'q va biz u haqida juda ham ko'plab ilq fikrlarni bildirayapmiz. Kelinglar azizlar, tirikligimizda ham shunday qadrli bo'laylik. Aka-uka Anlar tumaniz faxri edilar. Dmitriy Paxtakorda o'ynay boshlagach, Mixailda ham katta ishtiyoq bor edi. aslida u yoshligidan maydonni hammadan ham yaxshi ko'ra olar edi. Bu shunchaki aytilayotgan gaplar emas, haqiqatdan ham shunday bo'lgan. Mixail to'p bilan yugura turib qachon nima ish qilish kerakligini kichik soniyalar ichida hal qilib olar va to'pni istagan futbolchiga behato etkazib berar edi. Bu hammasi emas. Undan ko'pchilik hujumchilar to'p so'rardilar, lekin u bir soniyani o'zidayoq to'p oshirishi kerak bo'lgan hujumchi uchun ham maydonni ko'rib bo'lgan bo'lar edi. SHuning uchun ham uning paslaridan keyin to'p darvozalar to'ridan o'rin olar edi.


 
Ukasidagi mahoratni ko'rgan to'ng'ich An uni Titov nomidagi futbol internatiga olib boradi. 1939 yil tavallud topgan Dmitriy An 1962-63 yillar davomida Paxtakor sharafini himoya qilgan. Ammo uning bosh jamoa safidagi faoliyati ko'ngildagidek chiqmagan. SHunda so'ng u 1970 yilga qadar Politotdel klubida to'p tepdi.
– Ukamdagi mahorat kamdan-kam futbolchilarga berilgan istedod natijasi edi. Ozg'in bo'lsada maydonda unga hech kim qarshilik qila olmasdi. Tumanimizdagi o'yinlarini tomosha qilib uni Titovga olib bordim va murabbiylariga birgina imkoniyat berishlari, agar uyaltirib qo'yadigan bo'lsa qaytarib olib ketishimni aytdim. Tabiiyki, men unga ishongan edim va u o'zi uchun berilgan imkoniyatdan odilona foydalana oldi. Keyin Paxtakor asosiy tarkibidan o'rin oldi, keyin terma jamoa. 1979 yil esa…
 
60-70 yillarda tarbiya topgan futbolchilarni tanilishida kollej murabbiyi Guram Daraseleyaning xizmatlari ham katta bo'lgan. Guram Daraseleya 1951-52 yilda tavallud topgan futbolchilarga tarbiya berar ekan, ular orasida Anga aloxida urg'u beradi. Mixail Anning yutug'i shunda bo'lganki, u to'pni deyarli ko'rmas edi. To'p oyog'ida bo'lsa bo'ldi, uni ko'zlari atrofda bo'lardi. 1968 yilda Ukrainada halqaro musobaqa bo'lib o'tdi. U erda 1950 yilda tavallud topgan futbolchilar qatnashishlari lozim edi. Bizning internatimizda eng yoshi kattalar 1951 edi. SHu boisdan biz u erga mazkur avlod vakillarini yubordik. Ularga 1952 yilda tug'ilgan Mixail An va Viktor Jalilovni qo'shdik. Bu ikkisi ajralmas do'st edilar. Har doim bitta xonada istiqomat qilishar edi. Politotdel jamoasida ham birga to'p tepishgan. Mazkur musobaqada An qo'lidagi gipsi bilan o'ynagan. Bu shunchaki gips emas edi. Maxsus bog'ich bilan qo'llarini elkasiga osib olib turnirning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi. Keyingi holatlarni aytmasam ham bo'laveradi. Bir zumda qizlarning yoqimtoyiga aylandi qo'ydi. Yosh futbolchilar kelib undan dastxat olishardi. Ulardan biri oldimga kelib Anni ushlab ko'rsam bo'ladimi deydi. Qizlardan boshqa hammaga ruxsat berdim. SHu tariqa An Sobiq ittifoq yoshlar terma jamoasi murabbiyining nazariga tushdi va terma jamoa sardori darajasiga ko'tarildi. Evropa chempioni uchun atalgan UEFA Kubogini o'zbekistonlik sardorga topshirilishi barchamizni ko'zlarimizga quvonch ko'z yoshlarini olib kelgan edi, afsuski uch yil o'tib alam ko'z yoshlarini ham bizga An boshchiligidagi 17 o'g'lon taqdim etdi. Menimcha, o'zbek futbolida uni so'nggi marotaba ko'rgan kishi men bo'lsam kerak. Hech ham bunday odati yo'q edi. 11 avgust kuni kechqurun jamoamiz Tbilisiga uchishlari kerak edi. Kechga yaqin Misha oldimga keldi. Uni qo'lida bitta shampan vinosi bor edi. Uni menga berdida, ustoz men ham jamoadoshlarim bilan ketyapman. Ularni qo'llab-quvvatlab turmoqchiman, - dedi. Tizzasidagi jarohat tufayli hech bo'lmasa Paxtakorga ruhan ko'mak berishni istagan edi. SHu kuni Bozorovning dadasi ham oldimga kelgan edi. Imtihon va dadasini Toshkentga kelishi munosabati bilan Sirojiddin o'rinbosarlar tarkibidan tushib qoldi. 11 avgust kundagi reysga esa jamoa mamuri unga o'z joyini bo'shatib berdi. Xullas, ular uchib ketishdi. Ertasi kuni hamma natijani kutyapti. Barcha uchrashuv qaydnomalari elon qilib bo'lingan, ammo Dinamo – Paxtakor uchrashuvi natijasi yo'q. Bu paytga kelib Markaz halokatdan xabar topgan, ammo ro'yxat hali aniqlanmangan edi. SHum xabar kech bo'lsada hammaning qulog'iga etib bordi va biz kimlar halok bo'lganligini bildik. Bu kunni o'z boshidan o'tkazganlarni birontasi unutmasa kerak. Toshkentga son-sanoqsiz ishqibozlar ko'z yoshlari bilan tashrif buyurdilar. Nafaqat Misha, qolgan barcha futbolchilar men uchun qadrli edilar. Markazga borsam, bitta kishi baqiryapti. Men tirik qoldim, men yashayapman! SHokka tushib qolgan bu odam, jamoa mamuri edi. Uning chiptasiga Bozorov uchgan edi.
 
Yuqorida Viktor Jalilov haqida yozib o'tdik. Ko'pchilik uchun yangilik bo'lsa kerak, Viktor Romanovich o'z 1952 yilda tavallud topgan futbolchilar jamoasi sardori bo'lgan. Faqatgina yoshligida olgan jiddiy jarohat uni futbolchilik bilan erta xayrlashishiga sabab bo'lgan. Paxtakor va Navbahor jamoalariga katta mehnati singgan mutaxassis o'z do'sti haqida shunday esladi:
– U haqida eslash har doim yoqimli. Futbol ichida shuncha yillardan beri faoliyat olib boraman, lekin hozirgacha Andaqasini ko'rmadim. Uni maydonni ko'rish qobiliyati tufayli yoshlar ligasida o'tkaziladigan har bir o'yinlarda g'olib chiqar edik. O'yin saviyasini bir so'z bilan tariflab bera olmayman. Ko'pchilik yoshlar mendan so'rashadi, Anning o'yin uslubi kimga o'xshagan. Men ularga aniq bir nomni ayta olmayman. CHunki unday o'ynadigan futbolchi yo'q. SHaxs sifatida ham juda kuchli inson edi. o'ta kamtar va atrofidagi do'stlarini hech qanday vaziyatda og'ir holatda tashlab qo'ymasdi. Do'st sifatida undan ishonchlirog'ini topish qiyin edi. Afsuski, u bilan Paxtakor safida o'ynash nasib etmadi. U paytdagi Paxtakorni hozirgi terma jamoamizga ham taqqoslay olmayman. Ularni bir so'z bilan superyulduzlar degan bo'lar edim. Guram Grigorivich aytib o'tdilar, biz An bilan birga Krasniy luch musobaqasiga borgan edik. Lugansk shahrida bo'lib o'tgan turnirda qo'li singan bo'lsada, musobaqaning eng yaxshi yarim himoyachisi bo'lgan edi.  
 
2 yil davomida Politotdel sharafini himoya qilgan Mixail An qisqa fursat ichida Paxtakor murabbiylarining nazariga tushadi va 1971 yili klubga qabul qilindi. 19 yoshli An dastlabki mavsumda 9ta uchrashuvda maydonga tushdi. Afsuski, Paxtakor quyi divizonga tushib ketishga majbur bo'ldi. Bir yil o'tib jamoa B klassda birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. An 36ta o'yinda maydonga tushib ikki marotaba raqiblar darvozasini ishg'ol qildi. Aynan uning golli paslari Birodar Abduraimovni Sobiq Ittifoq rekordini o'rnatishiga xizmat qildi. Birodar Hasanovich 33 o'yinda 34 marotaba raqiblar darvozasini ishg'ol qildi. An Paxtakordagi debyut uchrashuvini 1971 yilning 23 avgust kuni o'tkazgan edi. O'shanda futbolchi Vyacheslav Soloxoning o'rniga maydonga tushgan. An haqida gapirish uchun sanat kerak. Uni o'yinlarini bir so'z bilan tariflab bera olmayman. Paxtakorga tashrif buyurmasidan oldin u o'z nomiga ega bo'lib ulgurgan edi. SHuning uchun bo'lsa kerak tezda jamoamiz o'yiniga kirishib keta oldi, - deya xotirladi o'z o'rnini Anga bo'shatib bergan Soloxo.


 
Anlar sulolasining yurtimiz futboliga qo'shgan xissasi katta ekanligini o'qib bilgan bo'lsangiz kerak. Bugungi kunga kelib Mixail Anning to'ng'ich farzandi Dmitriy Paxtakor futbol akademiyasida faoliyat olib boryapti. Yosh futbolchilarga futbolning sir-asrorlarini o'rgatayotgan murabbiy otasini shunday xotirlaydi:
– Bunday otadan faxrlanmay bo'lar ekanmi. Men otamga katta rahmat aytaman. Amakim va onamdan otam haqida ko'p eshitaman. Ularni o'zbek futbolida tutgan o'rinlari yuqoriligi, biz farzandlariga katta masuliyat yukini beradi.
 
1979 yilning fevral oyida Sobiq ittifoq terma jamoasi o'zining ikkinchi tarkibi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazish uchun SHimoliy Amerikaga uchadi. Mazkur tarkibga Mixail An sardorlik qildi. Birinchi o'yin Meksika terma jamoasiga qarshi kechdi. Meksikaliklar bir yil avval bo'lib o'tgan jahon chempionatida ishtirok etgan edilar. Deyarli o'zagini yo'qotmagan terma Meksika terma jamoasi 1:0 hisobda mag'lubiyatga uchratildi. Terma jamoaga g'alaba keltirgan gol mualliif Mixail An bo'ldi. Ikkinchi o'yin AQSH terma jamoasiga qarshi kechdi. 1:1 hisobida yakuniga etayotgan uchrashuvda yana Mixail An terma jamoa joniga oro kirdi. Uning olis masofadan yo'llagan kuchli zarbasidan so'ng raqib posboni ojiz qoldi. AQSHda bo'lib o'tgan kichik musobaqa yakuniga ko'ra Mixail Anga eng yaxshi futbolchiga atalgan kubok maxsus mukofot topshirildi. Afsuski, bu uning faoliyatidagi so'nggi mukofot bo'ldi.
 
 
Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика