So’nggi yangiliklar

20:52МЮ Гарначони 70 млн фунтга сотишга тайёр. Вингерга кимлар қизиқмоқда?  1 20:44ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Ўзбекистон Қатарни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  423 20:17Тарих сизнинг қўлингизда – Ўзбекистон терма жамоаси аъзолари имзолари қўйилган футбол тўпини ютиб олинг!  3 19:48Абрамович футбол клубига эгалик қилишни хоҳламаяпти  4 19:18ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Корея Кувайт дарвозасига 4 та тўп киритди  2 18:26Осиё Кубоги-2027 саралаши. Тожикистон Филиппин билан муроса кўчасини танлади  1 17:51ЖЧ-2026 саралаши. Осиё гранди Индонезияни "савалади", Хитой сўнгги дақиқалардаги гол эвазига ғалаба қозонди  5 16:42"Бавария" келгуси мавсум учун уй формасини намойиш этди  4 16:12"Арсенал" футболчисини "Крузейро"га сотди  0 15:38Шомуродовнинг устози Италия терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  5 15:09"Ал Насср" Испания терма жамоаси футболчисига қизиқмоқда  0 14:43Ислом Иномов "Бунёдкор"ни тарк этди  2 14:14Хурсандчиликдан кейинги "бўшлиқ"ни тўлдириши лозим бўлган Кападзе севимли услубига қайтадими?!  30 14:00Тариқ Салмон: "Рақибимиз ўз юртбоши кўз ўнгида мағлуб бўлишни истамайди"  6 13:43"Манчестер Юнайтед" ярим ҳимоячиси жамоани тарк этди  2

Agar biz ham Olimpiadaga chiqqanimizda... Yangiliklar

Agar biz ham Olimpiadaga chiqqanimizda...

SHu kunlarda barchaning etibori Tokioda bo'lib o'tayotgan Olimpiya o'yinlariga qaratilgan bir paytda futbolchilarimiz ishtirokini tasavvur qilib ko'ramiz.

2020 yil Tailandda bo'lib o'tgan U-23 Osiyo chempionatida Olimpiadaga ikki bor juda yaqin keldik. CHorak finalda BAAni 5:1 hisobida mag'lub etib, yarim finalga yo'l olganimizdan so'ng Olimpiadaga bir qadam qoldi, yana bitta g'alaba va marra bizniki deya boshladik. Bizni Tokio Olimpiadasidan atigi bir qadam ajratib turgandi.

Yarims finalni yut va Olimpiadaga bor. Ammo Saudiya Arabistoni U-23 terma jamoasi bilan kechgan bahsda 0:1 yutqazib qo'ydik. Natijada Saudiya finalga chiqish bilan birga Olimpiada chiptasini ham naqd qildi. Lekin ko'ngilni cho'ktirishga hodjat yo'q edi, chunki bizni yana bir imkoniyat kutib turardi.

Uchinchi o'rin uchun bahsni yut va Olimpiadaga bor. Uchinchi o'rin uchun bahsda Avstraliya olimpiyachilari bilan bellashib, yana 0:1 hisobida yutqazdik. SHunday qilib Osiyoning uchinchi yo'llanmasi bizga emas, Avstraliyaga nasib etdi.

Hozir Olimpiya o'yinlarining futbol musobaqasida Osiyodan to'rtta jamoa qatnashyapti: Yaponiya (mezbon), Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni va Avstraliya. 

Guruh o'yinlarida ikkita tur ortda qoldi. Xo'sh, Osiyo qanday natija ko'rsatyapti? Yaponiya ikkita o'yinda g'alaba qozonib (JAR va Meksika) ustidan o'z hisobiga 6 ochko yozib qo'ydi. Janubiy Koreya ilk turda Yangi Zelandiyaga imkoniyatni boy bergandi, keyin Ruminiyani 4:0 hisobida mag'lub etdi va hozircha hisobida 3 ochko bor. 

U-23 Osiyo chempionatida bizni Olimpiadadan mosuvo qilgan Saudiya Arabistoni esa har ikkala bahsda mag'lub bo'ldi. Saudiyaliklar dastlab Kot-D'Ivuarga, so'ngra Germaniyaga imkoniyatni boy berishdi. Natijada bu jamoa 0 ochko bilan oxirgi o'rinda boryapti va uchinchi turni Braziliyaga qarshi shunchaki o'tkazadi. 

Avstraliya U-23 terma jamoasi avvaliga Argentinani 2:0 hisobida mag'lub etib, 2-turda Ispaniyaga kichik hisobda imkoniyatni boy berdi va hozircha guruh jadvalida 3 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Bu jamoa ertaga oxirgi turni Misrga qarshi o'tkazadi.

Ko'rinib turibdiki, Yaponiya guruhdan chiqib bo'ldi, Janubiy Koreya bilan Avstraliyada imkoniyat bor, Saudiya Arabistoni esa xayrlashdi. Endi faraz qilamiz, agar biz ham Olimpiadaga borganimizda qanday natija ko'rsatgan bo'lardik? 

Tokio yo'llanmasi qo'lga kiritilgan taqdirda yo Saudiya Arabistoni yoki Avstraliya tushgan guruhda bo'lardik. U-23 Osiyo chempionati yarim finalida Saudiya Arabistoni mag'lub etilganida guruhda Kot-D'Ivuar, Germaniya va Braziliya bilan, uchinchi o'rin uchun bahsda g'olib chiqqanimizda Argentina, Ispaniya va Misr bilan o'ynardik. Umuman olganda, qaysi guruhga tushmaylik, biz uchun bu katta qadam bo'lardi. 

Guruhdan chiqa olarmidik? Bir narsa deyish qiyin, lekin harakat qilsa bo'lardi. Mana, hozir boshqa sportchilarimiz chiqishini yurak hovuchlab kuzatyapmiz. Futbol esa bundan kam bo'lmasdi. SHunisi aniqki, qachon bo'lmasin Olimpiadaga borish futbolimiz uchun katta maktab bo'ladi.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика