Afsonaviy Farid Mondragon faoliyatini yakunladi
06 iyu 2014 10:12
Yangiliklar
Afsonaviy Farid Mondragon faoliyatini yakunladi
43 yoshli kolumbiyalik darvozabon Farid Mondragon JCH-2014dan so'ng o'z faoliyatini yakunlashi haqida qaror qabul qildi.
Braziliyadagi mundialda maydonga tushib Jahon chempionatlarida o'ynagan eng qari darvozabonga aylandi. Yaponiyaga qarshi bahsda Mondragon 43 yosh 3 kunligida maydonga tushdi.
Mondragon professional faoliyatini 1990 yil "Deportivo Kali" klubida boshlagandi. 1998-2010 yillarda u Evropada "Saragosa", "Galatasaroy" va "Keln" kabi klublarda o'ynagan.
Kolumbiya terma jamoasi safida Mondragon 1993 yilda debyut qilgandi va jami 56 marta maydonga tushdi.

Fikrlar