Afsonalar. Kamerun yulduzi - Roje Milla
13 iyu 2014 18:50
Yangiliklar
Afsonalar. Kamerun yulduzi - Roje Milla
Bugun Toshkent vaqti bilan 21:00da Mekika va Kamerun milliy terma jamoalari o'zaro maydonga tushishadi.
Jahon chempionatining “A” guruhida bahs olib borayotgan bu jamoalar bugun ilk uchrashuvni o'tkazishadi. SHu munosabat bilan “Afsonalar” rukni ostida Kamerun futboli yulduzlaridan biri Roje Millaning hayot yo'liga to'xtalib o'tamiz.
Malumot uchun:
Alber Roje Mook Miller (Roje Milla)
Tug'ilgan sanasi: 1952 yil, 20 may
Fuqaroligi: Kamerun
Ampluasi: hujumchi
Laqabi: “Qari sehrgar”, “Qari sher”
Roje Milla haqida eshitmagan muxlis bo'lmasa kerak. U nafaqat Kamerun, balki butun Afrika qitasining eng mashhur futbolchilaridan biri hisoblanadai. Roje Milla futbolchilik davrida yorqin o'yin ko'rsatgani uchun Afrikaning XX asrdagi ikkinchi eng yaxshi futbolchisi deya etirof etilgan. Bundan tashqari, u ikkita yorqin rekord sohibi: 1994 yilgi jahon chempionatining eng yoshi katta futbolchisi va o'sha JCHda gol urgan eng yoshi katta o'yinchi (Kamerun – Rossiya – 1:6).
Roje Milla Kamerun poytaxti Yaunde shahrida temiryo'lchilar oilasida tug'ilgan. Uning familiyasi aslida Miller bo'lib, tug'ilganlik haqida guvohnoma olayotganda familiyasini adashib Milla deb yozib yuborishadi. SHu-shu Roje Milla bo'lib qoladi. Roje 13 yoshga to'lganida oilasi bilan Duale shahriga ko'chib boradi va o'sha erda mahalliy “Ekler” jamoasida to'p tepa boshlaydi. O'shanda jamoa Kamerun ikkinchi ligasida ishtirok etardi. Milla o'zining klubdagi birinchi mavsumidayoq 30ta gol urib chempionat to'purari bo'ladi. Keyingi mavsumda esa 25ta gol uradi.
1970 yil Milla faoliyatidagi dastlabki rasmiy shartnomani oliy liga vakili “Leopold Duala” bilan imzolaydi. 1972 yilga kelib u aynan shu jamoa safida Kamerun chempionligini qo'lga kiritadi. Oradan bir yil o'tib esa uni milliy terma jamoaga taklif etishadi. Uning terma jamoadagi debyuti 1973 yilning 4 fevralida Zoir termasiga qarshi kechgan (JCH saralash bosqichi).
1974 yil Milla o'zining qadrdon shahri Yaundega qaytadi va “Tonner” klubi bilan shartnoma tuzadi. O'sha yilning o'zidayoq u mamlakat Kubogida zafar quchadi (finalda o'zi ham to'p kiritadi). Keyingi yil Milla jamoasi bilan Afrika kubok egalari kubogida g'alaba qozonadi. Millaning o'yinidan xabar topgan evropaliklar darhol unga og'iz sola boshlaydilar. Natijada u 1977 yil Franciyaning “Valansen” klubiga yo'l oladi. Ammo uning yangi jamoadagi ishlari yaxshi kechmaydi. Klubda legionerlar soni chegaralangani bois rahbariyat uni to'rtinchi divizionda ishtirok etayotgan “Valansen”ning farm-klubiga jo'natadi. Oxiri ikki yildan so'ng “Monako”ga sotib yuborishadi.
“Monako”da ham o'z o'rniga ega bo'lmagan afrikalik hujumchi “Bastiya”ga yo'l oladi va yangi jamoasi bilan Franciya Kubogini qo'lga kiritadi (1981 yil). Hattoki finalda “Sent-Eten” darvozasiga gol uradi. Roje Milla 1994 yilgi jahon chempionatiga borgan paytda 42 yoshda edi. U Rossiya bilan kechgan bahsda gol muallifi bo'ladi, lekin Kamerun o'sha o'yinda 1:6 hisobida yutqazib qo'yadi.
Roje Milla uch marta Kamerunning “Eng yaxshi ftubolchisi deb topilgan” - 1975, 1976 va 1990 yillarda. SHuningdek, I.Goldes tomonidan yozilgan “Jahon futbolining 100 afsonasi” kitobidan o'rin olgan.
X.Xoliqov tayyorladi.

Fikrlar