So’nggi yangiliklar

11:44Ўзбекистонга қарши Тошкентдаги ўйинда Эрон етакчилари ўртасида келишмовчилик содир бўлган  1 11:25Копа Америка. Парагвай - Бразилия 1:4, Винисиус авжига чиқди  0 11:07«Челси» Лукакуга нарх қўйди. Унга А сериянинг топ жамоалари қизиқиш билдирмоқда  2 10:41Грузия терма жамоаси дарвозабони: «Хвича бутун бошли Испания термасидан кучли»  8 10:16Жозе Моуринью «Фенербахче»га «Бавария» футболчисини олиб келмоқчи  0 09:50«Челси» 100 миллион фунтга ҳужумчи сотиб олиши мумкин  1 09:22Суперкомпютер плей-офф ўйинлари олдидан Евро-2024нинг асосий фаворитини аниқлади  9 08:55Чилига қарши учрашувда жароҳат олган Мессининг аҳволи маълум  1 08:27«Астон Вилла» «Челси» футболчисини 45 миллион еврога сотиб олди  2 08:00Копа Америка. Бразилия ва Колумбия йирик ҳисобдаги ғалабани қўлга киритди  6 07:43Расман: Хоселу «Ал Гарафа»га кўчиб ўтди. Қатарликлар ҳужумчини «Реал»дан қанчага сотиб олгани маълум  4 00:55Ўзбекистон билан бир гуруҳда бўлган Миср Муҳаммад Салоҳни Олимпиадага чақирадими?  5 00:40Вадим Абрамов: "Ўйин 0:2 ҳисобида бизнинг мағлубият билан бошлангандек таасурот уйғотди"  11 00:25Раде Петрович: "Нефтчи"га қарши ўйинда трибуналар мухлислар билан тўлишига шубҳа йўқ. Бор эътиборни мана шу ўйинга қаратамиз"  6 00:14Жамшид Саидов: "Бугун маҳаллий ишқибозлар ҳам бизга мухлислик қилишди"  8

Afsona yozda "Liverpul"dan ketadi. Jamoani so'nggi o'n yillikning eng qadrlanmagan hujumchisi tark etmoqda (mutolaa uchun) Yangiliklar

Afsona yozda "Liverpul"dan ketadi. Jamoani so'nggi o'n yillikning eng qadrlanmagan hujumchisi tark etmoqda (mutolaa uchun)

"Enfild" aniq Bobbi Firminoni sog'inadi.

Roberto Firmino yozda "Liverpul"dan ketadi. 31 yoshli braziliyalikning shartnomasi mavsum so'nggida yakuniga etadi va tomonlar yangi kelishuvga imzo chekishmaydi. "Enfild"ni "qizillar"ning haqiqiy afsonasi tark etadi — uni muxlislar Bobbi deb atashadi va u sakkiz yil davomida "Liverpul"da bunday maqomda bo'lishga to'liq loyiq edi. Mubolag'asiz Sadio Mane — Firmino — Mo Salah ishtirokidagi buyuk hujum triosidan faqatgina misrlik qoladi.

Braziliyalik "Enfild"ga Yurgen Kloppdan ikki oy oldin kelgan. Uni nemisdan oldin ishlagan Brendan Rojers xarid qilgandi. Bobbi o'ynagan Germaniyaning "Xoffenxaym" klubi yozda 2015 yil uchun yaxshigina mablag' bo'lgan 41 million evro olgandi, ammo ushbu bitim o'zini to'liq oqladi. "Liverpul" tarkibida barcha musobaqalarda 353ta o'yin, 107ta gol va 71ta assist — ajoyib, ammo Firminoning jamoadagi ahamiyatini raqamlarda hisoblash imkonsiz. SHunchaki urilgan gollar soni bu erda ish bermaydi.



Braziliyalik forvard ehtimol Evropaning taniqli klublarida so'nggi o'n yillikda o'ynagan eng qadrlanmagan futbolchidir. Ammo, aniq qadrlanmaganlardan biri ekani aniq. Salah doim haqiqiy gol mashinasi bo'lgan, Mane muntazam ravishda haqiqiy sehrgarliklarni ko'rsatgan, ammo bu erda Firminosiz hech narsa bo'lmagan bo'lardi. Futbolchi o'zining eng yaxshi formasida bo'shliqni mukammal his qilgan va ajoyib taymingga ega bo'lgan. Bobbi — aqlbovarqilmas futbol intellektiga ega to'psiz o'yin bo'yicha daho. Aynan u "Liverpul"ning yuqori darajadagi pressingida asosiy o'yinchilardan edi.

Klopp Firminoni jamoaning motori deb atagan. Braziliyalik sifatlari va ishga bo'lgan munosabati bilan yuqori intensivlik va gegenpressing uyg'unlashgan futbol uchun ideal mos tushardi.

Hozir bu kulguli tuyular, ammo 2015 yilning yozida "qizillar"ning o'sha paytdagi bossi Rojers Firminoni xarid qilishni unchalik ham xohlamagan. U uchun ideal variant "Aston Villa"dan katta gavdali Kristian Benteke bo'lib tuyulgan. Yakunda ikkisi ham olindi. Braziliyalik "Enfild" afsonasiga aylandi, Benteke esa tezda "Kristal Pelas"ga ketdi, u hozirda AQSHda o'ynamoqda.



"Bobbi faoliyatini yakunlagan payt, odamlar uning "to'qqizlik"ni qanday ko'rsatgani haqida kitoblar yozishlariga shubha qilmayman. Bu narsani aynan u ixtiro qildi demayapman, ammo Bobbining qanday o'ynayotgani namunadir. U bizning qilayotgan ishini qanchalik qadrlashimizni biladi va bu eng asosiysi", — degandi Klopp o'tgan mavsum "Manchester Yunayted" (5:0) yirik hisobda taslim etilganidan so'ng.

Bu mushak jarohatlariga o'ralashib qolgan Firminoning so'nggi ikki yildagi eng yaxshi o'yinlaridan edi. U o'tgan mavsum beshta turli jarohat oldi va barcha turnirlarni olsak, umumiy hisobda 26ta o'yinni o'tkazib yubordi. "Liverpul" esa to'rtta sovringa harakat qildi va yakunda ikkitasiga ega chiqdi, braziliyalik esa o'yinlarni asosan chetdan kuzatdi. Farqlash uchun, Klopp "Liverpul"da to'liq ilk besh mavsumini o'tkazgan 2016 yildan 2021 yilgacha u APLda atigi 10ta o'yinni o'tkazib yuborgan.

Klub va o'yinchi sentyabrda yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshladi, ammo Firmino yakunda uni imzolamaslikka va ketishga qaror qildi. The Athletic nashri takidlashicha, hujumchi shunchaki holatni o'zgartirishga va yangi nimadir sinab ko'rishni xohlamoqda.



"Uning qolishini xohlayman. Bobbi bu erda nima bo'layotganini va u haqida o'ylayotganimizni biladi. Mavsumning birinchi qismini unchalik yaxshi o'tkazmadik, ammo Bobbi yaxshi o'ynagan yagona o'yinchi bo'ldi. U biz uchun juda muhim, u — og'ir vaziyatlarda bog'lam bo'ladigan o'yinchi. Uning futboldagi idroki bilan buyog'iga o'yinimizni qurishimiz mumkin", — dedi Klopp Firminoning baribir yangi kelishuvni imzolashiga umid qilib.

Ammo, "Liverpul" qayta qurish bosqichida va yozda jamoani katta o'zgarishlar kutmoqda — hech kim buni yashirmayapti. So'nggi yil "Enfild"da Luis Dias, Darvin Nunes va Kodi Gakpo paydo bo'ldi. Albatta, Kloppning Firmino haqida aytgan barcha gaplari ko'ngildan chiqqan, ammo yangi sharoitlarda u maydonda qancha o'yin amaliyoti olishi mumkin (shuningdek hali Salah va Diogu Jota bor)? Joriy mavsum braziliyalikda sog'lik bilan bog'liq jiddiy muammo yo'q (21ta o'yin, 16tasida asosiy tarkibda, 9ta gol), ammo yoshi va ko'p kuch sarflanadigan o'yin harakatlarini hisobga olsa, ularning qaytmasligiga hech qanday kafolat yo'q. Ammo, braziliyalik joriy mavsumda ham jamoaga foyda keltirmoqda — u MYU bilan yaqinda bo'lib o'tgan o'yinning (7:0) 79-daqiqasida zaxiradan maydonga tushidi va unga taqdim etilgan vaqtda gol+pasni amalga oshirishga ulgurdi.

Bobbi oktyabrda 32 yoshni qarshi oladi — o'zgarishlar uchun ayni vaqt, keyin kech bo'lishi mumkin. Firmino doim maksimal tarzda o'zini o'ylamaydigan futbolchi bo'lgan, ammo bu holatda braziliyalikni tushunish mumkin: u o'zgarish uchun o'yinchi bo'lishga emas, loyihaning markazida bo'lishga loyiq.



Ha, braziliyalikka atalgan qo'shiq ham etishmaydi — u juda chiroyli va ohangdor chiqqan.

"Klop sizning nimanidir bilishingizni xohlaydi,

Bobbi Firmino — dunyodagi eng zo'r hujumchi,

Bizning to'qqizinchi raqam,

Unga to'pni bering va u har safar gol uradi,

Ha, senor,

Bobbiga to'pni uzating va u uradi".




Sport-express.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика