Afsona bilan intervyu
24 iyu 2017 07:15
Yangiliklar
Afsona bilan intervyu
Futbol tarixidagi afsonalaridan biri Miroslav Kloze doim o'z muxlislarini quvontirib kelgan. Mundial tarixidagi eng yaxshi to'purar Jahon chempionatlarida barcha sovrinlarni tamini tatib ko'rgan yagona futbolchi sanaladi. Kloze 2002 yilgi mundialda kumush, 2006 hamda 2010 yillari bronza va 2014 yilda esa bosh sovrinni baland ko'tarishga muvaffaq bo'lgan.
Kloze uchun Janubiy Koreya va Yaponiyada o'tgan 2002 yilgi JCH alohida ahamiyat kasb etadi. CHunki aynan shu mundial orqali Miroslav Kloze o'zini dunyo futboliga tanitgan va osiyo qitasidan ham millionlab muxlislar yoqimtoyiga aylangandi. O'shanda Kloze bosh bilan o'ynash qanday bo'lishini amalda ko'rsatib, barcha hujumchilarga namuna bo'lgan, desak mubolag'a bo'lmaydi. Kloze o'sha mundialda jami 5ta gol urib, Ronaldodan keyin eng yaxshi to'purar bo'lgandi. SHundan so'ng Kloze Germaniya terma jamoasining asosiy hujumchisi sifatida 2014 yilga qadar muntazam o'ynadi va bu orada jamoaviy hamda shaxsiy sovrinlarini boyitib keldi. Miroslav Kloze Germaniya terma jamoasi va Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to'purar hujumchi hisoblanadi. Braziliyada o'tgan Jahon chempionatida esa Kloze Ronaldodan rekordini yangiladi va o'zining azaliy orzusi Jahon kubogini boshi uzra baland ko'tarishga muvaffaq bo'ldi.
"Bavariya" safida 2007-2011 yillar (150 o'yin, 53 gol) mobaynida harakat qilgan Kloze klub bilan bu yilgi Xitoy turnesida vakil sifatida qatnashdi.
"Bavariya" klubi matbuot xizmati esa afsonaviy hujumchi bilan intervyu uyushtirdi va Klozening safar taassurotlari bilan qiziqdi.
- Salom Miro. Sen Xitoyda ko'chaga chiqishing bilan muxlislaring quvonchdan baqirishmoqda. Bu shunchaki fantastika. Xitoyda shaxsiy muxlislaring juda ko'pchilikni tashkil qilarkan. Umuman olganda ko'chaga erkinroq yurishning imkoni bo'lyaptimi?
Kloze: "Ha. rostan ham ko'chada erkin yurish juda qiyin bo'lmoqda. CHunki har daqiqada senga minglab ishqibozlar yaxshi manoda tashlanishmoqda (kuladi). Lekin tan olishim kerak, bu juda yoqimli holat. Xitoyda, osiyoda bu qadar ko'p muxlislarim borligidan benihoyati xursandman.
-SHanxayda "Bavariya" bilan bir necha kunni birga o'tkazishga muvaffaq bo'lding. Yozgi bu turnedan taassurotlar qanday?
Kloze: "Bu erda haqiqatdan ham millionlab muxlislarimiz bor ekan. Xitoy juda qiziq mamlakat ekanligiga guvohi bo'ldim. Xitoyda odamlar futbolning haqiqiy "jinnisi" ekan. Bu muhitni ko'rish albatta kishiga zavq bag'ishlaydi.Umid qilamanki, menga "Bavariya" jamoasining mushg'ulotlarini ham kuzatish nasib etadi.
- Murabbiylik faoliyatingda kerak bo'lishi uchun Anchelottining ish jarayonini kuzatishni xohlarmiding? Bu orqali o'zing uchun ko'p foydali tomonlarni ko'rib olish imkoniyati bo'lishi mumkin...
Kloze: "Ha, albatta. Karlo ajoyib murabbiy. Bu kabi murabbiydan o'zim uchun kerakli jihatlarni uzlashtirishim muhim. Biz bu haqida alohida gaplashib olganmiz."
- Turnedagi seni asosiy vazifang nimalardan iborat bo'lmoqda?
Kloze: "Men klubning homiylik tashkilotlari bilan bo'layotgan bir qancha uchrashuvlarda ishtirok etyapman. Masalan o'sha kuni biz "Bavariya" klubining Xitoydagi ofisida bo'ldik. Elchixonada va bir qator shunga o'xshash uchrashuvlarni o'tkazishga ulgurdik. Bu uchrashuvlar orqali bir nechta qiziqarli va ajoyib insonlar bilan tanishmoqdaman.
- "Bavariya" bilan bu erga kelib qolishing qanday ruy berdi?
Kloze: "Men avvalroq klub afsonlari bilan birga bo'lishim kerak edi. Ammo boshqa yumushlar tufayli bu ishni amalga oshirish qiyin bo'layotgandi. Germaniya terma jamoasi bilan ko'p safarlarda birga bo'ldim. Terma jamoada ish o'rganishda bo'lib, o'zim uchun foydali jihatlarni uzlashtirayotgandim. SHuningdek, yoshlar bilan ishlayotganim sababli ham klub tadbirlarida ishtirok etishim ancha kechikdi. Hozirda esa hammasi to'g'ri keldi va birga bu erga keldik. Bundan albatta xursandman.
- Miro, "Bavariya" sen o'ynagan davrdan keyin qanchalik o'zgargan?
Kloze: " Eshitishim bo'yicha, hozirgi kunda klub xodimlari soni ancha oshgan. Bu fakt esa "Bavariya" klub sifatida yanada o'sganini bildiradi. SHuningdek, bir qator yaxshi o'zgarishlar bo'lgan. Men bu erga "Lacio" bilan Italiya Superkubogida tashrif buyurgandim. Hozir esa "Bavariya" kichik, oddiy narsalarga etibor qaratgan. Tashkiliy ishlar shunchaki ajoyib tarzda yo'lga qo'yilgan. Muhimi, mahalliy ishqibozlar "Bavariya"ning tashrifidan boshlari osmonga etgan. Bu ajoyib."
- "Bavariya"da 2007-2011 yillar davomida o'ynagansan. O'sha davrdan qanday yorqin xotiralar qolgan?
Kloze: “Faqat yaxshi hamda yorqin xotiralar. Biz ikki bor oltin dubl qayd etganmiz. Ha, men bir davr jamoaning asosiy tarkib futbolchilari qatoriga kirmaganman Lui van Gaal qo'l ostida asosan zaxirada qolardim. SHunga qaramasdan men doim jamoa uchun qayg'urganman. Mashg'ulotlarda ter to'kishni kanda qilmaganman. Jamoa g'alaba qozonganida barcha qatori birdek quvonganman. Maydonga tushmagan o'yinlarimizda ham muvaffaqiyatlarimizni xursandchilik bilan qarshi olganman. "Bavariya"da o'ynagan 4 yil ichida biz doim yaxshi natijalarni qo'lga kiritganmiz. Maydonga kam tushish, asosan zaxirada qolib ketishim men uchun yangilik bo'lgan. Birinchi bor bu kabi holatga duch kelganman.“
- "Bavariya"da sen bilan birga o'ynagan bir nechta futbolchilar hozir ham jamoada. Bazilar jamoadan ketishdi va yana qaytib kelishdi. Masalan Mats Xummels shular qatorida. Sen o'ynagan paytingda Xummels yoshlar tarkibidan "Borussiya"ga ketgandi. O'shanda sen uni qanday qabul qilgansan?
Kloze: "Mats o'shanda yoshlar tarkibidan to'g'ri asosiy jamoaga kelgandi. SHundan keyin Xummels professional faoliyatida juda katta o'sishga erishdi."
- O'shanda Xummels jahonning eng kuchli himoyachilardan biriga aylanishini taxmin qilsa bo'larmidi?
Kloze: "Xummels ajoyib futbolchi ekanligini ko'rinib turgandi. Ammo yaxshi va top futbolchi orasida katta farq bor. Xummels esa yaxshi futbolchidan top darajaga chiqa oldi."
- Tomas Myuller bilan vaziyat qanday bo'lgan? CHunki sen Myuller endigina jamoaga kirib kelayotganida jamoada bo'lgansan?
Kloze: "Azaldan Tomas Myuller juda aqlli futbolchi bo'lgan. O'shandayoq Tomas Myuller asosiy jamoada o'ynashga loyiqligini isbotlagan va bunga munosib bo'lgan.O'shanda biz meni poziciyamda o'ynash uchun raqobatlashardik. CHunki Lui van Gaal qo'l ostida men asosan hujumchi ortida o'ynardim. SHu uchun biz ko'p marta bir-birimizni almashtirardik. Myuller yoshligidanoq sovuq kalla bilan o'ylardi. Raqib darvozasi oldida hecham ikkilanmasdan vaziyatni hal qilardi. Myuller juda xotirjam o'ynardi.Men o'shandayoq Myuller kuchli futbolchi ekanligini aytganman"
- Konfederaciyalar kubogida Germaniya terma jamoasi bilan birga bo'lding. O'shanda "Bavariya"ning yangi harid qilgan futbolchilari - Rudi va Zyule bilan shaxsan tanishishga ulgurding. Nima deb o'ylaysan, bu ikki futbolchi "Bavariya" muxlislarini nimasi bilan xursand etishga qodir?
Kloze: " Menimcha, bu ikki futbolchi juda qiziqarli. Sebastyan Rudi juda ko'p marotaba kerakligicha baholanmagan futbolchi. Aynan shu narsa ham uning yanada shakllanishiga turtki bo'ldi. Rudi maydonda har doim kerakli joyda paydo bo'ladigan futbolchi. Rudi to'pni mahorat bilan nazorat qiladi va pozicion o'yinda juda aqlli o'ynaydi. Niklas Zyule esa gabarit jihatdan juda katta ustunlikka ega futbolchi. Himoyachiga kerakli xususiyatlarga ega futbolchi. Juda tez harakatlanadi. Bu ikki futbolchi "Bavariya" uchun yaxshi harid bo'ldi. Ularni esa endi "Bavariya"da juda katta raqobat kutib turibdi."
- Yangi mavsumda "Bavariya"dan nimani kutyapsan?
Kloze: "Rummenigge yaqinda aytib qoldi, "Bavariya" yozgi turnelardan keyin doim oltin dubl qayd etgan ekan. Bu yili ham kamida shu narsa takrorlanishini kutaman. Hammasini vaqt ko'rsatadi. Raqobat juda kuchli. Lekin "Bavariya" ham yozgi transferlar oynasida vaqtini bekorga sarflagani yo'q."
- Keyinchalik nimalar bilan mashg'ul bo'lasan? Kelasi yili mundialda terma jamoa murabbiylar shtabi tarkibida bo'lasanmi?
Kloze: "Xitoydagi safardan keyin tatilga chiqaman. Bundan juda xursandman. CHunki ancha ishlar bilan charchoq alomatlari sezildi. Endi biroz hordiq chiqaraman. Oxirgi paytlar juda ko'p parvozlarni amalga oshirdim. Keyin esa murabbiylik kurslari boshlanadi. Licenziya olish uchun imtihonlar bo'ladi. A licenziyasini olganimdan keyin esa doim terma jamoa bilan birga bo'laman. Biz hali yana uchrashishimiz va bir qator detallar bo'yicha gaplashib olishimiz zarur. Katta ehtimol bilan Germaniya terma jamoasi tarkibida Rossiyaga borsam kerak.
Fikrlar